Tinja-Riikka Korpela
Tinja-Riikka Tellervo Korpela (1986-yil 5-mayda tugʻilgan) — Finlandiyalik professional futbolchi, Angliya chempionatining Tottenham klubi darvozaboni. Ilgari Germaniyaning Frauen-Bundesligasida „Bayern“, Shvetsiyaning Damallsvenskandagi „Tyresö FF“, Norvegiyaning „Topserien“ ligasining LSK Kvinner va Kolbotn,[2] va Finlandiya „Kansallinen“ ligasi vakili „Honka“da oʻynagan[3].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Tinja-Riikka Tellervo Korpela[1] | ||
Tavallud sanasi | 5-may 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Oulu, Finlandiya | ||
Boʻyi | 1.75 m (5 ft 9 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Tottenham Hotspur | ||
Raqami | 1 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1992—2004 | OLS Oulu | ||
2004—2005 | SC Raisio | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2009 | FC Honka | ||
2010—2011 | Kolbotn | 43 | (0) |
2012—2013 | LSK Kvinner | 40 | (0) |
2013—2014 | Tyresö FF | 4 | (0) |
2014—2017 | Bayern Munich | 51 | (0) |
2018—2019 | Vålerenga | 14 | (0) |
2019—2021 | Everton | 16 | (0) |
2021- | Tottenham Hotspur | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2007- | Finlandiya | 105 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (19-yanvar 2020-yil uchun) |
Korpela Finlandiya terma jamoasi safida 2007-yilda debyut qilgan. 2009- va 2013-yillarda UEFA ayollar chempionatida oʻz mamlakatini himoya qilgan.
Klublardagi faoliyati
tahrirShvetsiyaning UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi daʼvogarlari Tyresö FF 2013-yilning dekabr oyida Korpela bilan shartnoma imzoladi[4]. Korpela asosiy tarkib uchun Karola Söberg bilan raqobatlashdi va 2014-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi finalida „VfL Wolfsburg“ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[5]. Tyresö 2014-yilda moliyaviy inqirozga uchradi va 2014-yilgi Damallsvenskan mavsumidan chiqdi va barcha futbolchilarini erkin agentga aylantirdi[6].
Korpela Germaniyaning Frauen-Bundesliga klubi „Bayern“ bilan 2014-yil iyun oyida ikki yillik shartnoma imzoladi[7]. 2016-yilning 18-fevralida shartnomasini 2018-yilgacha uzaytirdi[8]. Ularning iltimosiga va uyushma kelishuviga koʻra 2017-yil oxirida shartnoma bekor qilindi; atigi uch yarim yildan soʻng „Bayern“ni tark etdi[9]. Keyin Valeranga va Everton klublarida bir mavsumdan oʻynadi. 2021-yil 6-iyulda Korpela WSLda Evertonni tark etgandan soʻng,Tottenham bilan shartnoma imzoladi[10].
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirKorpela 2006-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Finlandiya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan[11]. Finlandiya ayollar terma jamoasidagi debyutini 2007-yil mart oyida Algarve kubogida Shvetsiyaga qarshi oʻtkazdi. Finlandiyada boʻlib oʻtgan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 musobaqasi vaqtida Korpela asosiy darvozabon boʻlgan[12].
2013-yil iyun oyida Korpela milliy murabbiy Andrée Jeglertzning UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 uchun Finlandiya terma jamoasiga kiritildi[13]. Turnirda Finlandiyaning dastlabki ikkita oʻyinida oʻynaganidan soʻng, guruhning soʻnggi oʻyinida azaliy raqibi Minna Meriluoto bilan almashtirildi; Daniya bilan 1:1 hisobida durang oʻynashdi.
2021-yil 21-oktabr kuni Korpela terma jamoa safida 2023-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida Gruziyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi, jamoa 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[14].
Yutuqlari
tahrir- FC Honka
- Naisten Liiga : Gʻolib 2006, 2007, 2008; „Bayern“
- Bundesliga : Gʻolib 2014-15, 2015-16
Manbalar
tahrir- ↑ „2009 UEFA EUROPEAN WOMEN'S CHAMPIONSHIP MATCH PRESS KIT“. UEFA. Qaraldi: 31-oktabr 2011-yil.
- ↑ Suomen naisten EM-karsintajoukkue valittu[sayt ishlamaydi] YLE
- ↑ „Naisten Liiga – Suomen Palloliitto“. Qaraldi: 2-fevral 2017-yil.
- ↑ „Tyresö sign Korpela and secure quartet“. Uefa.com. UEFA (11-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2013-yil.
- ↑ Saffer. „Müller the hero again as Wolfsburg win classic final“. UEFA (22-may 2014-yil). Qaraldi: 22-iyun 2014-yil.
- ↑ Jönsson. „Tyresö lämnar damallsvenskan“ (shvedcha). Aftonbladet (5-iyun 2014-yil). Qaraldi: 22-iyun 2014-yil.
- ↑ „FC Bayern verpflichtet Korpela und verlängert mit Manieri“ (olmoncha). fcbayern-frauenfussball.de (23-iyun 2014-yil). Qaraldi: 27-iyun 2014-yil.
- ↑ „Tinja-Riikka Korpela weitere zwei Jahre beim FC Bayern“ (olmoncha). Qaraldi: 16-mart 2016-yil.
- ↑ „Torhueterin Korpela verlaesst die FCB-Frauen“ (olmoncha). Pressemitteilung auf der Homepage des FC Bayern München.
- ↑ Lea. „Tottenham Hotspur sign former Everton duo“ (inglizcha). Her Football Hub (6-iyul 2021-yil). Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
- ↑ „Tinja-Riikka Korpela“. Uefa.com. UEFA. Qaraldi: 21-iyul 2013-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Statistics (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan) in the Football Association of Finland's web
- ↑ „Jeglertz turns to youth for Finland“. Uefa.com. UEFA (28-iyun 2013-yil). Qaraldi: 21-iyul 2013-yil.
- ↑ „Internationals - Tinja-Riikka joins 100 club“. Tottenham Hotspur (22-oktabr 2021-yil).