Tirandozlikyoy (kamon) bilan otilgan o‘qni nishonga tekkazish mashqi. Merganlik. Tirandozlik oʻq bilan taxtani teshish, oʻqni zihgir(uzukka oʻxshash narsa)dan oʻtkazish, tik uzun yogʻoch qoziq boshidagi qoboqqa sanchish kabi musobaqalarining umumiy nomi. “Alisher Navoiyga nisbat beriluvchi yana bir asar “Risolai tir andoxtan” tirandozlik, ya’ni kamondan oʻq otish fazilatiga bagʻishlangan. Asarning muallifi masalasi adabiyotshunoslikdagi bahsli masalalardan boʻlib, mazkur asar ustida izlanish olib borgan Y.Bertels, A.Semyonov, Suyima Gʻaniyevaning fikriga koʻra, “Risolai tir andoxtan” Alisher Navoiy qalamiga mansub”.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Yusupova D. “Oʻzbek mumtoz va milliy uygʻonish adabiyoti” (Alisher Navoiy davri). «TAMADDUN» – Toshkent. 2016-yil.

Adabiyotlar

tahrir
  • Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va sa’nat. Maqolalar. – T.: 1996.
  • Yusupova D. “Oʻzbek mumtoz va milliy uygʻonish adabiyoti” (Alisher Navoiy davri). – Toshkent. 2016-yil.