Tirik tugʻuvchi oʻsimliklar (plantae viviparae) — ona oʻsimlikning yer ustki organlari (meva, gul, toʻpgul va barglari)da mayda yashil oʻsimliklar shakllanib, yerga toʻkilgach, yetuk individga aylanadigan oʻsimliklar. Mangro oʻrmonlaridagi koʻp oʻsimliklarning osinchoq mevalarida yirik oʻsimtalar (oʻsimlikcha) rivojlanadi. Boshqa Tirik tugʻuvchi oʻsimliklaroʻ.ning gul oʻrni va toʻpgullarida vegetativ kurtaklar rivojlanib, ular ona oʻsimliqdan ajralmasdan oʻsadi va yosh oʻsimlikka aylanib toʻkiladi, soʻngra normal koʻkaradi.

Bunday oʻsimliklar koʻpincha shim. hududlarda, togʻlar, quruq dasht va choʻllarda oʻsadi, chunki bunday yerlarda vegetatsiya davri qisqa boʻlgani uchun pishib ulgurmaydi. Bir qancha Tirik tugʻuvchi oʻsimliklaroʻ. (briofillyum, baʼzi tropik qirqquloqlar va boshqalar) bargida meristema hujayralari toʻplanib, yangi yosh oʻsimlikka aylanadi.