Tiruchchirappalli
Tiruchchirappalli - Hindistonning jan. qismidagi shahar, Tamilnad shtatida. Aholisi 712 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Kaveri daryosi quyilish joyidagi transport yoʻllari tuguni. Metallsozlik, toʻqimachilik, koʻnteri, tamaki, oziqovqat sanoati korxonalari, energetika jihozlari zdi bor. Qimmatbaho toshlarga ishlov beriladi. Shahar yaqinidan slyuda, gips qazib olinadi. T. 10— 17-asrlarda Tamil davlati poytaxti boʻlgan. Shahar chetidagi qoyada 7-asrda qurilgan qalʼa va ibodatxonaayvonlar saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |