Tiruvanantapuram
Tiruvanantapuram, Trivandram — Hindistonning jan. qismidagi shahar, Malabar soxilida. Kerala shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 525 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning savdo va sanoat markazlaridan. Toʻqimachilik, yogʻochsozlik, rezinatexnika, kimyofarmatsevtika, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Kauchuk va kopraga ishlov beriladi. Badiiy hunarmandchilikda fil suyagi, qora yogʻochdan turli buyumlar tayyorlanadi. Universitet bor. T. qadimda Travankur rojaligining poytaxti boʻlgan. Turizm rivojlangan. T. yaqinidagi Tumbu ilmiy tadqiqot markazidan Hindistonning birinchi sunʼiy yoʻldoshi uchirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |