Tit Flaviy Vespasian
Tit Flaviy Vespasian (Titus Flavius Vespasianus) (39—81) — Rim imperatori (79—81); flaviylar sulolasidan. Vespasianning oʻgʻli va vorisi. 73—79 yillarda Vespasianning taxtdoshi sifatida senatdagi aristokratlar oppozitsiyasi bilan kurash olib borgan. Imperator boʻlgach, senat bilan kelishib hokimiyatni boshqargan. 80-yilda Rimda sodir boʻlgan oʻlat va yongʻin, 79-yil 24 avgustda Vezuviy vulqonining otilishi (uning natijasida Pompeya, Gerkulanum va Stabiya sh.lari yoʻq boʻlgan) oqibatlarini tugatish hamda turli maqsadlar uchun tarqatiladigan sovgʻalar, tomoshalar va jamoat binolari qurilishi (Kolizey, Termalar qurilishi tugallangan va boshqalar) uchun katta mablagʻ sarflagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |