Titan (yoʻldosh)
Titan — Saturn sayyorasining eng katta yoʻldoshi, diametri taxminan 5150 km, sayyoradan oʻrtacha uzoqligi 1,2 mln. km. Saturn atrofini taxminan 16 sutkada aylanib chiqadi. Titan Quyosh sistemasidagi kattaligi boʻiicha Yupiter yoʻldoshi Ganimeddan keyingi ikkinchi yoʻldosh. Massasi ancha katta (1,41023 kg) boʻlgani uchun Saturnning boshqa yuldoshlariga taʼsir etadi. Titan metan va ammiakdan iborat atmosferaga ega. 1655-yilda X.Gyuygens kashf etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |