Vibratsion toʻqmoq
(Titrama toʻqmoqdan yoʻnaltirildi)
Vibratsion toʻqmoq, titrama toʻqmoq — yerga yogʻoch, metall va temir-beton qoziqlarni, qoziqoyoqlar, quvurlar, ustunlar va b.ni qoqish hamda sugʻurib olish uchun moʻljallangan zarbiy-titrama mashina. V.t.ning titrama ish organi qoqiladigan qoziqning kallagiga prujinali osma orqa-li bogʻlangan boʻladi, shuning uchun qoziqqa titrama taʼsir qilish bilan birga unga davriy zarb impulslarini berib, uning yerga botishini jadallashtiradi. Titrama ish organining muhrasi qoziqning kallagiga zarbiy taʼsir koʻrsatadi. V. t. bir dvigatelli va ikki dvigatelli boʻlishi mumkin. V. t.dan muzlagan materiallarni yum-shatishda, yerni shibbalash da ham foydalaniladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |