Toʻraqoʻrgʻon – Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1979-yildan). Tuman markazi. Viloyat markazi Namangan shahridan 12 km uzoqlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Toʻraqoʻrgʻon (5 km). Aholisi 22,6 ming kishi (2004). Shahar yonidan Kosonsoy soyi oqib oʻtadi.

Toʻraqoʻrgʻon
shahar
41°00′00″N 71°30′57″E / 41.00000°N 71.51583°E / 41.00000; 71.51583
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Namangan viloyati
Tuman Toʻraqoʻrgʻon tumani
Hukumat
Qachondan beri shahar 1979
Maydon 91 km2 (35 kv mi)
Markazi balandligi 476 m
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Aholisi
 (2005)
25,6 ming
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil kodi 50
Toʻraqoʻrgʻon xaritada
Toʻraqoʻrgʻon
Toʻraqoʻrgʻon

Ijtimoiy soha

tahrir

Tumanda „OhangarIII“, „Koopagrofirma“ aksiyadorlik jamiyatlari, „Shirinlik“ Oʻzbekiston—Gollandiya, „Axsikent“ qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 6 qurilish korxonasi, 55 savdo, 25 umumiy ovqatlanish, 62 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, qishloq xoʻjaligi, qurilish va maishiy xizmat koʻrsatish, kasbhunar kollejlari va iqtidorli bolalar litseyi, 6 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat saroyi, 2 muzey, 4 kutubxona, 7 tibbiyot muassasasi, shu jumladan, markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez yordam markazi boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Shahar yonidan Namangan – Toshkent avtomagistrali oʻtgan.