Shofiʼiy

shofiʼiylik mazhabining asoschisi, imom, faqih.

Shofiʼiy, toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shofiʼiy (767, Falastin, Gʻazo shahri — 820, Qohira) — imom, shofiʼiylik mazhabining asoschisi, faqih. Makkada yashagan, hadislar va fiqhni oʻrgangan. Koʻp yerlarga safar qilgan. Makka muftisi Muslim Xolid az-Zanjiydan va Madinada Molik ibn Anasdan taʼlim olgan. Imomi Aʼzamning shogirdi Muhammad ibn Hasan bilan Bagʻdodda yaqin muloqotda boʻlib, unga shogird tushgan va shu yerda oʻz mazhabini tuzgan.

SH. bir qancha muddat goh Iroqda, goh Xijozda istiqomat qilgan. 815 yil Qohirada muqim turib qolib, shu yerdagi "Amr ibn Os" jome masjidida fiqhdan dars bergan. shahrining "Ar-Risola", 7 jildli "Al-Umm" asarlari islom olamida mashhur va shofiʼiylik ulamolari uchun zarur manba boʻlib xizmat qiladi. U oʻz asarlarida islom huquqini anʼanaviy normalar bilan bogʻlashga intilgan, fiqh asoslariga toʻla taʼrif bergan, ijmoʼdan foydalanishga alohida eʼtibor qaratgan. Sh., shuningdek, hadislar toʻplamini tuzgan, hadislarni taqqoslab oʻrganish toʻgʻrisida "Ixtilof al-hadis" asarini ham yozgan. Sh. qarashlari fiqh masalalari tugal ishlab chiqilishida oʻzining katta taʼsirini koʻrsatdi, bunda uning shogirdlari va izdoshlari Ahmad ibn Hanbal, Dovud az-Zohiriy, Abu Jaʼfar at-Tabariy va boshqalarning xizmati katta boʻldi.

Havolalar

tahrir