Toʻda (Namangan)
Toʻda — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Norin tumanida joylashgan qishloq.
Toʻda | |
---|---|
qishloq | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Namangan viloyati |
Tuman | Norin tumani |
Hukumat | |
Qachondan beri qishloq | XIII asr |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5:00 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeks(lar)i | 1604XX |
Avtomobil kodi | 50 |
Etimologiyasi
tahrirQishloq nomining kelib chiqishi haqida turlicha farzalar mavjud. Toʻda toponimi „bir toʻda, bir guruh“ maʼnolarini ham anglatadi. XIII asrda mazkur hududga odamlar koʻchib kelishgan. Ular yashash uchun kapalar qurib, toʻda-toʻda boʻlib yashay boshlashgan. Shu sababli ham qishloq nomi Toʻda deb nomlangan. Ayni shu nom bilan nomlanuvchi yana bir qator toponimlar mavjud. Kenagas oʻzbeklarining bir urugʻi ham ayni toʻda nomi bilan atalgan. Yana bir farazga koʻra, qishloq aholisining asosiy qismi Pop tumanidagi Toʻda qishlogʻidan koʻchib kelgan va shuning uchun ham hudud nomi shunday atalgan boʻlishi mumkin[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 109-bet.