Toʻleutay Isqaquli Suleymenov (1941-yil 1-oktyabrda tugʻilgan, Semey shahri) — davlat arbobi, diplomat.

Toʻleutay Suleymenov
qozoqcha: Төлеутай Ысқақұлы Сүлейменов
 Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
1991-yil dekabr – 1994-yil aprel
Prezident Nursulton Nazarboyev
Vazir Sergey Tereshenko
Oʻtmishdoshi Aqmaral Aristanbekova
Vorisi Qanat Saudabaev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1941-yil 1-oktabr
Semey
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Taʼlim Qaragʻanda davlat texnika universiteti
Mukofotlari Baris ordeni

Biografiyasi

tahrir

Qaragʻanda politexnika institutini tugatgan (1967).

  • 1959-1969-yillarda Qaragʻanda metallurgiya kombinati (KMK) da ishchi, sex ustasi, komsomol qoʻmitasi kotibi boʻlib ishlagan.
  • 1971-1977-yillarda Temirtau shahar ijroiya qoʻmitasida,
  • 1977-1980-yillarda SSSR Tashqi ishlar vazirligi Diplomatiya akademiyasining talabasi.
  • 1980-1981-yillar SSSR Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq boʻlimining birinchi kotibi,
  • 1981-1985-yillarda SSSR Afgʻonistondagi Bosh missiyasining Mozori Sharifdagi konsuli.
  • 1985-1988-yillar SSSR Tashqi ishlar vazirligining Yaqin Sharq boʻlimi maslahatchisi,
  • 1988-1991-yillarda SSSRning Erondagi elchixonasi maslahatchisi.
  • 1991-1994-yillarda Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.[1]
  • 1994-yildan buyon elchi lavozimida ishlab kelmoqda. 1994-1996-yillarda Qozogʻistonning AQSHdagi, 1996-2001-yillarda Vengriyada, 2001-2003-yillarda Belgiyada, 2003-yil may-iyulda Lyuksemburg, Gollandiya, 2005-2003-yillarda Polandiyada favqulodda va muxtor elchisi boʻlgan.
  • 2003-yilda Suleymenov Qozogʻistonning Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotidagi vakolatxonasi ijrochi rahbari boʻlib ishlagan.
  • 2005-yildan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Diplomatiya instituti direktori.

Mukofotlari

tahrir

„Hurmat belgisi“ (1976), Afgʻonistonning „Dangq“ (1984), „Hurmat“ (2001) ordenlari bilan, „Qozog‘iston Respublikasi diplomatik xizmatida xizmat ko‘rsatgan xodim“ faxriy unvoni va bir qancha medallar bilan taqdirlangan.[2]

Manbalar

tahrir
  1. „Казахстанская дипломатия: кадры“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-sentyabr.
  2. Qazaq ensikldopediyasi