Toʻlqinboy Bulturaliyevich Turgʻunov (1977.6.2, Qorasuv shahri) — bokschi, „Oʻzbekiston iftixori“ (1999), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000). Andijon davlat universitetni tugatgan (2000). 1997-yildan „Dinamo“ sport jamiyatida yoʻriqchi. 57 kg vaznda Oʻzbekiston chempioni (1997— 2000), ikki karra Osiyo chempioni (1997, KualaLumpur; 1999, Toshkent), Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok), jahon kubogi (1998, ChongGing) va jahon chempionatida (1999, Xyuston) ikkinchi oʻrinni egallagan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Turgʻunov Toʻlqinboy Bulturaliyevich" OʻzME. T-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil