Toʻplam (matematika)

(Toʻplamlardan yoʻnaltirildi)


Toʻplam  – matematikaning boshlangʻich tushunchasidir. Bu tushuncha matematika faniga toʻplamlar nazariyasining asoschilari boʻlgan Chexiya matematigi B. Boltano va nemis matematigi Jorje Kontor (1845-1918) tomonlaridan 1870 – yil kiritilgan. Masalan butun sonlar toʻplami; sinfdagi oʻquvchilar toʻplami vahokazo. [1]Toʻplamni tashkil etgan obyektlar uning elementlari deyiladi. Hayotda uchraydigan soʻzlar toʻplam maʼnosida ishlatiladi. Masalan „yigʻilish“, „poda“ va hokazolar. Toʻplam fikrda bir butun deb qaraluvchi koʻplikdir.

Toʻplam
SetComplement
A toʻplam
Asoschi: Chexiya matematigi B. Boltano va nemis matematigi Jorje Kontor (1845-1918)
Ko'rinishi : A = {a, b, c …}
Belgilar :; ∉; ∅; ⊄; ∩; ∪

Asosiy tushunchalar

tahrir

Toʻplam elementlari vergul bilan ajratilgan roʻyxati yoki uning elementlarini tavsiflovchi xususiyati bilan { } qavslar ichida tasvirlanadi. Toʻplamlar obyektlar boʻlgani sababli, aʼzolik munosabati toʻplamlarga ham tegishli boʻlishi mumkin. Toʻplam odatda qulaylik uchun lotin alifbosining bosh harflari, masalan, A, B, C, … , uning elementlari esa kichik lotin alifbosida belgilanadi, masalan, a, b, c, … . Elementlari a, b, c … boʻlgan A toʻplam qavslar yordamida A = {a, b, c …} koʻrinishda yoziladi. {6, 12}, {12, 6}, {6, 12, 12, 6} yozuvlar bitta toʻplamni anglatadi.

  • x ning A toʻplamning elementi ekan xA kabi, elementi esa xA kabi yoziladi va birinchi holda " x element A ga tegishli ", ikkinchi holda „x element A ga tegishli emas“ deb oʻqiladi.
  • Agar toʻplamni tashkil qilgan elementlar chekli sonda boʻlsa, bunday toʻplam chekli toʻplam, aks holda cheksiz toʻplam deyildi.
  • n(A) deb A toʻplamning barcha elementlar sonini belgilasak A = {2, 3, 5, 8, 13, 21} toʻplamning barcha elementlari soni soni 6 ga teng boʻlgani uchun, n(A) = 6 boʻladi.
  • Birorta ham elementga ega boʻlmagan toʻplam boʻsh toʻplam deyiladi va ∅ kabi belgilanadi.

∅ toʻplam ham chekli hisoblanadi va uning n(∅)= 0. Cheksiz A toʻplam uchun n(A) = ∞ belgilash qabul qilingan.

  • Agar A toʻplamning hamma elementlari B toʻplamga tegishli boʻlsa, A toʻplam B toʻplamning qisim toʻplami deyiladi AB kabi yoziladi.

Bu holatda „A toʻplam B da yotadi“ yoki „A toʻplam B ning qismi“ ham deb yuritiladi.

{ a } toʻplam ∅ va { a }, yaʼni ikkita qismdan iborat.

{ a, b} toʻlam esa toʻrtta: ∅, { a }, { b } va {a, b} qisim toʻplamlarga ega.

  • A toʻplamning B toʻplamga tegishli boʻlmagan elementlari mavjud boʻlsa, A toʻplamning Bning qism toʻplami boʻla olmaydi va bu holat AB kabi yoziladi.

Toʻplamlarning birlashmasi va kesishmasi

tahrir

1)  

A, B toʻplamlarning birlashmasi deb bu toʻplamlardan kamida bittasining elementi boʻlgan elementi boʻlgan elementlardan tashkil topgan toʻplamga aytiladi.

A, B toʻplamga toʻplamning birlashmasi AB kabi belgilanadi.

2)  

A, B toʻplamlarning kesish deb bu toʻplamlarning umumiy elementlaridan tashkil topgan toʻplamga aytiladi. A, B toʻplamlarning kesishmasi AB bilan belgilanadi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. https://OʻzME%7C Toʻplam nazariyasi