Toʻrabek Dolimov
Toʻrabek Nu'monovich Dolimov (1936.18.8 — Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995). Geol.-mineralogiya fanlari doktori (1981), professor (1985) N. Dolimovning oʻgʻli. ToshDUni tugatgan (1960). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geol. va geofizika institutida aspirant (1962), ilmiy xodim (1965 — 83). 1973—74 yillarda Oʻzbekistan Geologiya vazirligi qoshidagi Oʻrta Osiyo geol. va mineral xom ashyo institutida shoʻʼba mudiri. 1983 yildan ToshDU geol. fakultetida kafedra mudiri, dekan (1985-87). ToshDU ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1987—95), 1995 yildan hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti rektori. Ilmiy ishlari burmalangan oʻlkalardagi vulkan jinslarining petrologiyasi va Tyanshanning geodinamikasiga bagʻishlangan.
Oʻzbekiston "Xalq birligi" harakati raisi (1995 yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1995 yildan). "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997 yildan), "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).
Manbalar
tahrir- Fatsialnost granitnix formatsiy, T., 1972; Vulkanogennie formatsii Oʻzbekistana, T., 1971; Riftogenez v istorii razvitiya paleozoid, T., 1988; Kisliy vulkanizm skladchatix oblastey na primere Sredinnogo i Yujnogo TyanShanya, T., 1981; Istoriya magmatizma Tyan-Shanya, T., 1989.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |