Toʻxtating samolyotni, tushib qolaman
Toʻxtating samolyotdan, tushib qolaman (ruscha: Остановите самолет — я слезу!) — sovet yozuvchisi Efreim Sevela qalamiga mansub qissa.
Fayl:To'xtating samolyotdan, tushib qolaman.jpg 2020-yilgi nashr jildi | |
Asl nomi | ruscha: Остановите самолет — я слезу! |
---|---|
Muallif(lar) | Efreim Sevela |
Mamlakat | AQSh |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | qissa, zamonaviy proza |
Nashriyot |
|
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2020-yil |
Sahifalar soni | 304 bet |
Efreim Sevela — sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi yozuvchisi, lekin umrining soʻnggi yillari Amerika Qoʻshma Shtatlarida va Isroilda kechgan. Uning Toʻxtating samolyotdan, tushib qolaman qissasi sovet tuzumining soʻnggi yillarida yozilgan boʻlib, unda yuksak mahorat bilan bu tuzumning turli-tuman nuqsonlari ochib berilgan. Qissa jiddiy masalalarga bagʻishlangan boʻlsa-da, hazil-mutoyibaga, yumorga, kinoya va pichinglarga juda boy. Gap kelganda otangni ham ayama degan gapga amal qilingan. Muallif qissaning biron oʻrnida pafosga berilmaydi, quruq va puch tasvirdan, balandparvoz gaplardan qochadi. Bu esa qissaga oʻziga xos rang va joziba bagʻishlaydi va maroqli, bir tekisda ravon va tez oʻqiladi[1].
Zamonaviy soʻzlashuvda, mantiqsiz, kulguli va noodatiy vaziyatlarda qoʻllaniladigan „Toʻxtating samolyotdan, tushib qolaman“ iborasiniing kelib chiqishi, mana shu asar nomiga taqalishi mumkin degan farazlar mavjud[1].
Toʻxtating samolyotdan, tushib qolaman qissasi rus tilidan oʻzbek tiliga Ozod Sharafiddinov tomonidan tarjima qilingan. Asar Toshkent shahrida „Jahon adabiyoti“ (1998-yil), „Maʼnaviyat“ (2000-yil) va „Yangi asr avlodi“ (2020-yil) nashriyotlarida chop etilgan[1].
Efreim Sevelaning Toʻxtating samolyotdan, tushib qolaman asari sartarosh Arkadiy Solomonovich Rubinchikning hayoti va gʻayrioddiy sarguzashtlari haqidagi ajoyib hikoyadir. A. S. Rubinchik bir vaqtlar Isroilga hijrat qilishga majbur boʻlgan; u yerda xotirjamlik topa olmay, u eng yaxshi narsaga umid qilib, Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib oʻtishga behuda qaror qiladi. U TU-144 samolyotida 14 soat ketma-ket Moskvaga qaytib, parvozdagi hamroxiga oʻz ruhini ochib beradi va hali ham sayohat oxirida uni qanday dahshatli „syurpriz“ kutayotganini bilmaydi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Тўхтатинг самолётдан,тушиб қоламан“. Book.uz. Qaraldi: 2021-yil 19-dekabr.
- ↑ „Остановите Самолет — Я Слезу!“. Mir-knigi.info. Qaraldi: 2021-yil 19-dekabr.