Maslahat oshi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Maslahat oshi, toʻy kengashi — Oʻrta Osiyo xalqlarining toʻy bilan bogʻliq marosimlaridan biri. Maslahat oshi toʻydan bir necha kun oldin oʻtkaziladi. Maslahat oshiga mahalla, qishloq toʻy komissi-yalari vakillari, oqsoqollar, mahalladan qariyalar, qoʻni-qoʻshnilar, qarindoshlar chaqiriladi. Maslahatga kelganlar toʻyni qachon, qanday oʻtkazish tartibi, harajatlar, kimlar qanday vazifalarni bajarishlarining shartligi, tuy egasining imkoniyatlariga qarab toʻyga kimlarni taklif etish kabi muhim masalalar hal etiladi. Maslahat oshi Oʻzbekistonning turli tumanlarida har xil darajada oʻtkaziladi. Bu tadbir qanday oʻtkazilishdan qatʼi nazar oʻsha kuni osh damlanib, mehmonlar ziyofat qilinadi. Anjumanning eng asosiy mavzusi toʻyga sar-flanadigan mahsulotlar: guruch, un, yogʻ, goʻsht, meva, qand-qurs, sarpo, koʻrpa-toʻshak va boshqa haqida boʻlib, ularning qay darajada tayyorlanganligi, shuningdek, kamchiliklari atroflicha muhokama qilinadi. Maslahat oshi hozir ham anʼanaviy marosim boʻlib hamon eʼzozlanib kelinmoqda.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |