To‘xta Nurboboyev
To‘xta Nurboboyev (1904-yili tug‘ilgan, Urgut rayoni Beshkapa qishlog‘idan, sinfsizlashgan, o‘g‘irlikda gumon qilinib 3 marta vaqtincha qamoqqa olingan, hibsga olingan vaqtda aniq mashg‘uloti bo‘lmagan) 10 yil mehnat tuzatuv lageriga hukm etilgan, jazo muddati 1937-yil 29-avgustdan hisoblangan. Oxirgi 10 yil davomida o‘g‘irlik bilan shug‘ullanganlikda, 1924— 1926-yillarda Mirzapolvonning qurollangan banditlar guruhining ko‘makchisi bo‘lganlikda, o‘g‘irlangan mol-mulk va hayvonlarni qabul qilganlikda, banda tugatilgandan so‘ng Xushvanov va boshqa banditlar bilan aloqaga kirib, talonchiliklarni sodir etganlikda, 1936-yili banditlar hibsga olingan vaqtda ulardan 3 ta brauning tortib olinganlikda, yashirinib, o‘g‘irlik bilan shug‘ullanishni davom ettirganlikda ayblangan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 135-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.