Toʻy

bazmtomosha va ziyofat bilan nishonlanadigan xalq marosimlarining umumiy nomi
(To‘ydan yoʻnaltirildi)

Toʻy — bazm tomosha va ziyofat bilan nishonlanadigan xalq marosimlarining umumiy nomi. Oʻzbeklarda nikoh toʻyi, beshik toʻyi, xatna toʻyi, hovli toʻyi va boshqa turdagi Toʻylar oʻtkaziladi.

Toʻylarni oʻtkazish jarayonida insonparvarlik, izzatikrom, mehribonlik, mehmonnavozlik, inoqlik kabi oliyjanob fazilatlar yorqin oʻz ifodasini topadi. Inson zotini qadrlash, hurmatlash va ulugʻlashda Toʻylar beqiyos qimmatga ega. Toʻy bir kishining shaxsiy ishi boʻlmay, u keng jamoatchilik tashabbusi va ishtiroki bilan oʻtadigan tantanadir. Shuning uchun Toʻylarni zamon talabi darajasiga koʻtarish doimo muhim hisoblanadi. Toʻylarni oʻziga xos bayram tarzida tashkil etish, ularni har tomonlama tartibga solish, ixchamlashtirish, ayniqsa, badiiy jihatdan boyitish hozirgi davr talabidir.