Tobut
Tobut — Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari xalqlarida marhumni qabrga eltish uchun ishlatiladigan moslama. Usti ochiq, 4 oyoqchali, bosh tomoni kengroq, oyoq tomoni torroq, uzunligi 2— 2,5 m. Kafanlangan murda solingandan keyin tobut maxsus narvoncha ustiga oʻrnatiladi va uni 4 kishi koʻtaradi, baʼzi xalqlarda, masalan, ruslarda T. krpqoqli boʻlib, marhumning jasadi bilan birga goʻrga qoʻyiladi. Qad. Oʻrta Osiyo xalklarida ham oliy tabaqaga mansub marhumni yiroq yerdan olib kelishda qopqokli yogʻoch T. ishlatilgan. Mas., Amir Temur va uning nabirasi Muhammad Sulton tut yogochidan yasalgan qopqoqli T.da goʻrga qoʻyilgan. Tosh T.da, yaʼni sarkofag (Yevropada atalishi)da oliy tabaqa jasadlar kumilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |