Togʻ mushugi (shuningdek, baʼzi oʻrinlarda kalta yungli togʻ mushugi deb ham tanilgan) mushuklarning yangi zoti hisoblanadi. Togʻ mushugining oʻziga xos xususiyatlaridan biri uning choʻl slovsini va junli mushuklari zotlarining chatishmasidan kelib chiqqan.

Tavsifi

tahrir

Togʻ mushugi Choʻl slovsini va Jungli mushuklari zotining chatishmasidan paydo boʻlgan boʻlib, Jungli mushuklarining jingalak quloqlarini Choʻl slovsinida aks ettirgan deyishimiz mumkin[1][2][3]. Bu mushuk turlari uzun yoki kalta dumli, xoldor yoki dogʻlarga ega boʻlmagan boʻlishi mumkin[1][4]. Togʻ mushugining uzun, keng peshonasi va toʻmtoq, qiyshaygan tumshugʻi bor[5]. Koʻzlari boʻrtib chiqqan, quloqlari bir oz jingalak va orqa tomonga qiyshaygan boʻladi[5]. Bu turning baʼzilarida polidaktil panjalariga ega boʻlib, lekin bu tur mushuklari uchun asosiy xususiyat emas. Nega deganda, mushuklar yoshi ulgʻaygani sari tizzalari va sonlari, bir soʻz bilan aytganda oyoqlari bilan bogʻliq muammolar kelib chiqishi isbotlangan. Lekin Togʻ mushuklarini sogʻlik bilan bogʻliq muammolari koʻzga tashlanmaydi, bundan tashqari ular suvni xush koʻruvchi turga mansubdir[2][6]. Tanalari mushakdor va oʻta sezgirdir[6][5]. Togʻ mushugi zotlarining urgʻochi turlari 4,5 dan 6,4 kg gacha, erkak zotlari esa 6,8 dan 9,1 kg gacha oʻsishi mumkin[2][6]. Bu mushuk turlari haybatli koʻrinishiga qaramasdan insonlar bilan doʻstona va kirishimli, juda faol va ishonchli zot vakillari hisoblanadi[2]. Togʻ mushugi turli xil ranglarda boʻlishi mumkin. Asosan bu tur Choʻl silovsini rangini olgan. Ikki xil rangli mushuklar hayvonlarning zot standartlari nazariyasida ruxsat etilmagan. Baʼzi mushuklar shunday koʻrinishga ega boʻlsada, standart zotning bir qismi sifatida qaralmaydi[7].

Tarixi

tahrir

Togʻ mushugini zaxira tur emas, balki asosiy tur sifatida ajratib koʻrsatish va zotdorlar orasida raqobat qilishga ega boʻlishi uchun 2004-yildan harakat boshlangan[5]. Togʻ mushugi nomi 2005-yilning oxirida kirib kelgan[6][5]. 2008-yilning 1-mayidan boshlab Xalqaro Mushuklar Assotsatsiyasi (XMA) tomonidan bu zotni raqobat uchun tan olingan mushuk zotlari deb tan olingan va 2016-yilda keng tarqalgan yangi zotlar roʻyxatiga kiritildi[5][8]. Xalqaro Mushuklar Assotsatsiyasi (XMA) bu tur mushuklarni ikki turga ajratadi: Momiq togʻ mushuklari va oddiygina togʻ mushuklari[5][9].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Highland Lynx“. Rare and Exotic Feline Registry. 2018-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Highlander“. Cats 101. Season 4. Animal Planet. Qaraldi: August 16, 2016.
  3. „Highlander“. PetGuide.com (2015-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
  4. „Highlander Shorthair“. TICA.org. The International Cat Association (2018-yil 13-avgust). Qaraldi: 2020-yil 6-yanvar.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 „Highlander Shorthair“. TICA.org. The International Cat Association (2018-yil 13-avgust). Qaraldi: 2020-yil 6-yanvar.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „Highlander“. PetGuide.com (2015-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
  7. „Highlander Cat Stats“. Catster. 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
  8. „Browse All Breeds: Advanced New Breeds“. TICA.org. The International Cat Association (2018-yil 13-avgust). Qaraldi: 2020-yil 6-yanvar.
  9. „Highlander Breed Group (HG/HGS) Standard“. TICA.org. The International Cat Association (2015-yil 1-may). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-yanvar.