Togʻlararo botiq
Togʻlararo botiq — tektonik kelib chiqishga ega boʻlgan, burmalangan togʻlar orasidagi botiqlik. Togʻlararo botiq togʻlar% paydo boʻlish jarayonida juda jipslashgan bukilmali poydevor zaminida vujudga keladi, bu poydevor atrofidagi tektonik rnlar koʻtarilib, togʻlarga aylanadi va ular oʻrtasidagi joy botiq shaklini oladi. Togʻli joylar oʻsgan sari, botiq choʻkib boradi. Vaqt oʻtishi bilan togʻ jinslari yemirilib, turli omillar vositasida bukilma hududiga yetib kelgan hamda togʻlar oʻsishida hosil boʻlgan chaqiq jinslar, choʻkindi, choʻkindivulkan jinslar hisobiga botiqlik toʻlib boraveradi. Togʻlararo botiq turli kattalik va qalinlikdagi togʻ jinslari bilan qoplangan boʻlib, uning qaʼrida foydali qazilma konlari bor. Masalan, Oʻzbekistonning katta qismini egallagan Fargʻona Togʻlararo botiqda neft, gaz, kumir, oltingugurt, ozokerit va boshqa konlar mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |