Tohir Mahkamov
Tohir Mahkamov (12-noyabr 1971-yil, Qoʻqon, Fargʻona, OʻzSSR) — oʻzbek xonandasi va bastakori.
Tohir Mahkamov | |
---|---|
Tavalludi |
12-noyabr 1971-yil |
Janrlar | Pop |
Kasbi | Xonanda, sozanda, bastakor |
Faoliyat yillari | 1991-yildan hozirgacha |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Hayoti
tahrirTohir Mahkamov 1971-yil 12-noyabrda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tavallud topgan[1]. Ota-onasi oddiy ishchi boʻlib, ularning jami 7 farzandlari (3 oʻgʻil, 4 qiz) bor boʻlgan. Tohir Mahkamov esa oilada kenja farzand boʻlgan[2]. Tohir Mahkamov oilali boʻlib, uning 3 farzandi (1 oʻgil, 2 qiz)[3] va 3 nabirasi bor[4][5]. Uning oʻgʻli Ibrohim Mahkamov ham otasining izidan xonanda boʻlib yetishgan[6]. Uning Fargʻona davlat universitetida huquqshunoslik fakultetida tahsil olganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar ham bor[7].
Tohir Mahkamov, dastlab, doira va baraban cholgʻularini ijro etishga qiziqqan[6]. Buni sezib ota-onasi unga baraban cholgʻusini olib berishgan. Shundan boshlab u 4-sinfligidayoq toʻylarda baraban ijro etib, sozandalik faoliyatini boshlab yuborgan. Tohir Mahkamov maxsus musiqiy taʼlim olmagan, lekin sintezator ijro etishni oʻrgangan. U 8-sinfligida Habib Saʼdullaning „Nur qadri“ (1998) kitobi qoʻliga tushib, uning „Nechun oʻz holimga qoʻymaysam ey gap?“ sheʼrini kuyga solib ilk qoʻshigʻini yaratgan. Ushbu qoʻshiqni bir necha xonandalarga tavsiya qilgan, lekin ularning koʻpchiligi ushbu taklifni rad etishgan. Ammo xonanda Siddiq Mahmudov uning taklifini qabul qilib, qoʻshiqni kuylagan[8].
Ijodi
tahrirTohir Mahkamov xonanda sifatida ijodini 1991-yildan boshlagan. Hozirgi vaqtga kelib esa 20 dan ortiq musiqiy albom chiqarib, 600 dan ortiq qo‘shiq ijro etgan. Bastakor sifatida koʻp xonandalarga 100 dan ortiq xit qo‘shiqlar bastalagan[1]. 2024-yilda „Ahmad Yassaviy“ nomli orden bilan taqdirlangan[7].
Nomi | Shoir | Bastakor | Yil |
---|---|---|---|
Men o‘zimni sevaman | Tohir Mahkamov | ||
Masxaraboz | Tohir Mahkamov | ||
Tikka turib o‘lganim bo‘lsin | Bahrom Ismoil | Tohir Mahkamov | |
Zebojon | Tohir Mahkamov | ||
Ey gap | Habib Saʼdulla | Tohir Mahkamov | 1986 |
Beshak biling bu dunyo | Ahmad Yassaviy[9] | Tohir Mahkamov | |
Qiyomat kun | Ahmad Yassaviy | Tohir Mahkamov | |
Qoʻqonjonga qiz uzating | Tohir Mahkamov | ||
Toʻy boʻladi | Tohir Mahkamov |
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Daryo.uz. „Xonanda Tohir Mahkamov odamoviligiga sabab bo‘lgan bolaligidagi qattiq qo‘rquv haqida gapirib berdi (video)“ (20-fevral 2020-yil). Qaraldi: 12-iyun 2024-yil.
- ↑ ZO'R TV (2017-08-21), Xontaxta 19-soni (Tohir Mahkamov, O'ktam Tojiboyev, Vazira Yunusova, Sharofat Tojiboyeva), qaraldi: 2024-06-13
- ↑ Feruza Bonu (2023-08-08), Tohir Mahkamov: Ko'nglimga kelganini qildim, uning quli bo'ldim. Shou-biznesning nargi tomonidaman !, qaraldi: 2024-06-13
- ↑ Vodiy Yulduzlari (2022-02-25), Tohir Mahkamov Nega unvon olmagani, Ichida jini borligi va do'sti Fayzulloxon haqida, qaraldi: 2024-06-13
- ↑ Chotki Tv (2024-05-05), OTANGSIZ XECH KIM EMASSAN, XECHKIM BO'LA OLMAYSAN, QIZI VAFOT ETGANMI? TOHIR MAHKAMOV TO'LIB KETDI, qaraldi: 2024-06-13
- ↑ 6,0 6,1 Vodiy Yulduzlari (2022-02-08), Tohir Mahkamov - Xonadoniga tashrif 2022, qaraldi: 2024-06-13
- ↑ 7,0 7,1 Tohir Mahkamov (2024-01-13), Тохир Махкамовга - Халқаро орден берилди...!, qaraldi: 2024-06-13
- ↑ intervyuTV (2020-02-17), Tohir Mahkamov yavvoyiligi, to‘ydan qochib ketishi, Mirzo Karim haqda haqiqati. Eksklyuziv, qaraldi: 2024-06-12
- ↑ Ergash Ochilov. Umrboqiy qoʻshiqlar, 1-jild, Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2013-yil — 456-bet. ISBN 978-9943-00-878-6.