Toif qamali
Toif qamali (arabcha: غزوة الطائف) milodiy 630-yilda sodir boʻlgan. Makka fathidan keyin Hunayn va Avtos g'azotlarida mag'lubiyatga uchragan butparast Havozin qabilasi raisi Malik Toifga qochib borgan edi. Chunki, shahar butparastlikning oxirgi uyasi bo'lib turar edi. Shuning uchun, musulmonlar Toifni qamalga olishdi. Bir oylik qurshov va hujumlardan keyin ular shaharni tashlab ketishdi. Toifliklar bir qancha vaqt o'tib, islomni qabul qilishdi va butlarni parchalab tashlashdi.
Toif qamali | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Muhammadning harbiy faoliyatining bir qismi | |||||||
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Muhammad Abu Sufyon Xolid ibn Valid Tufayl ibn Amr Davsiy |
Nomaʼlum | ||||||
Kuchlar | |||||||
12 000 | 10 000 |
Jang
tahrirSunniy manbalarda Toif qamaliga oid bir qancha maʼlumotlar berilgan boʻlib, Abu Sufyon ibn Harb Toif qamalida bir koʻzidan ayrilgan.
Qamal
tahrirMusulmon qoʻshinlari tomonidan Toif darvozasini yorib oʻtish uchun qilingan bir necha urinishlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Muhammad sollallohu alayhi vadallam ushbu qamal paytida hatto Rim Testudo tuzilmasidan ham foydalangan boʻlishlari mumkinligi aytiladi, biroq Toif aholisi shahar devorlaridan musulmon qoʻshinlariga qizigan temirlar tashlab, ushbu qamalni buzib tashlashga muvaffaq boʻlganligi xabar qilingan. Muhammad sollallohu alayhi vasallam Toif ahliga ularning uzumzorlarini yoqib, kesib tashlashini va shahar aholisining Islomni qabul qilib, musulmon boʻlishlarini aytgan, biroq faqat 10 kishigina unga ergashgan.
Toif qamali yarim oy davom etgan. Qamal davomida musulmon qoʻshinlari deyarli hech qanday natijaga ega boʻlmagach, askarlar sabrsizlana boshlashgan. Keyin esa Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam bashorat beruvchi bir tush koʻrganlar va qolganlar bilan maslahatlashgan holda orqaga chekingan.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam musulmon qoʻshinlariga yordam berishi uchun Banu Havozon qabilasi boshligʻidan (Molik deb atalgan) yordam soʻrab, agar Molik Islomni qabul qilsa, uning oilasini ozod qilishini va barcha mol-mulkini qaytarib berishini vaʼda qilgan. Qabila boshligʻi ushbu taklifni qabul qilib, musulmon boʻlgan va musulmonlarga Toifni qamal qilishda yordam bergan. U Toif ahlining shahar tashqarisida chorva mollarini boqishiga xalaqit bergan, bu esa qal’a devorlari ichidagi fuqarolar hayotining qiyinlashuviga sabab boʻlgan.
Ishtirokchilar
tahrir- Abu Sufyon ibn Harb roziyallohu anhu
- Tufayl ibn Amr Davsiy[1] roziyallohu anhu
- Xolid ibn Valid roziyallohu anhu