Tokcha
Tokcha — xona devoriga ishlangan, uyroʻzgʻor buyumlari terib qoʻyiladigan.maxsus joy. Oʻrta Osiyo turar joy meʼmorligida mehmonxona toʻrining 2 yoniga (oʻrtasiga taxmon), yotoqxonaning oʻrtasiga kiyimlar taxlash uchun (2 yoniga sandiq qoʻyilib koʻrpayostiq taxlangan) ishlangan. T.ning eni va boʻyi taxlanadigan buyumlarning shakliga qarab, 3—5 pogʻonali boʻlib, turli naqshinkori bezaklar bilan pardoxchangan. Ganchkori bezaklar bilan bezatilgan kosamon T.lar xonaga alohida koʻrk bagʻishlaydi. Hozirgi javon va shkaf kabilardan foydalanilmoqda.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |