Toksikologik kimyo
Toksikologik kimyo – turli ob’ektlardan zaharli moddalarni ajratib olish usullarini, shuningdek, bu moddalarni chinlik va miqdorini aniqlash usullarini oʻrganadigan fan. Bu fan zaharli moddalarni turli ob’ektlardan aniqlashning yangi usullarini ishlab chiqib va mavjud usullarini takomillashtiradi, shuningdek bu usullarni nazariy asoslab beradi.
Toksikologik kimyo fanining oʻrganish predmeti
tahrirToksikologik kimyo fani quyidagi vazifalarni bajarishni oʻz oldiga maqsad qilib qoyadi:
- Ob’ektlardan zaharli moddalarni ajratib olish usullarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish
- Kimyo-toksikologik tahlil obyektlaridan olingan ajratmalarni tozalashning samarali usullarini ishlab chiqish
- Zaharli moddalarni aniqlash va miqdoriy tahlil qilishning yangi sezgir, oʻziga xos kimyoviy va fizik-kimyoviy usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish
- Organizmdagi zaharli moddalar metobolizmini oʻrganish va metabolitlarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqishni
Toksikologik kimyo fanining asosiy uchta yoʻnalihi mavjud:
- Sud-kimyo ekspertizasi – bu sud-tibbiy ekspertizaning ajralmas qismi sifatida oʻlim sababini yoki inson hayotiga suiqasd dalillarini aniqlaydi.
- Kliniko-toksikologik tahlil – bu davolash usulini tanlash uchun zaharlanish diagnostikasini amalga oshiradi.
- Nazorat qilinadigan moddalar tahlili – taqiqlangan yoki nazorat qilinadigan moddalar mavjudligini aniqlaydi.
Yoqoridagi yoʻnalishlarga qoʻshimcha ravishda, toksikologik kimyoda ishlab chiqilgan usul va uslublar doping nazorati va atrof-muhit monitoringida qoʻllanadi.
Toksikologik kimyo nuqtai nazardan zaharli moddalar tasnifi.
Kimyo-toksikologik tahlil qilish maqsadida zaharli moddalarni tahlil qilinadigan ob’yektlaldan ajratib olish usullari orqali tasniflash amalga oshiriladi. Tahlil va ekstraksiya usullari takomillashgani sari tasniflash ham vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi. Hozirgi vaqtda zaharlar odatda quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
- Mineralizatsiya usuli bilan ajratib olinadigan zahrli moddalar.
- Suv bugʻi yordamida ajratib olinadigan zahrli moddalar.
- Dializ (suv bilan)usuli bilan ajratib olinadiganzahrli moddalar.
- Ekstraktsiya va sorbsiya yoʻli bilan ajratib olinadiganzahrli moddalar.
- Maxsus izolyatsiyalash usullarini talab qiluvchi zahrli moddalar.
- Maxsus izolyatsiyalash usullarini talab qilmaydigan zahrli moddalar.
Kimyo-toksikologik tahlilning oʻziga xos xususiyatlari:
- Oz (qoldiq iz) miqdordagi moddalarni aniqlash.
- Murakkab biologik naminalar fonida moddalarni aniqlash.
- Tadqiqot ob’ektlarining xilma-xilligi.
- Organizmdagi zaharli moddalarning biotransformatsiyasi.
- Tahlil natijalarini sharhlashning zarurati.
- Ekspertiza natijalarining huquqiy ahamiyati va huquqiy tartibga solish kerakligi.
- Ekspress yaʼni tezkor usullardan foydalanish zarurati.
- Namunalarni soxtalashtirish mumkinkinligi.
- Kramarenko V. F. Toksikologicheskaya ximiya. – K.: Viщa shk. Golovnoe izd-vo, 1989. – 447 s.
- Токсикологическая химия (+ CD-ROM), 3000 экз, М.: ГЭОТАР-Медиа, 2010. ISBN 978-5-9704-1537-5. (trans.)