Toksoplazmalar (Toxoplasma) — koksidiyalar turkumiga mansub eng sodda parazit hayvonlar urugi. Bitta T. gondii turi maʼlum. Uzunligi 7 mkm gacha. T. mushuk va boshqa mushuksimonlar ingichka ichagida murakkab rivojlanish siklini oʻtib, undan 2 ta sporali ootsistsporozoitlar hosil boʻlishi bilan tugaydi. Yetuk ootsistlar esa mushuksimonlarni qaytadan zararlashi mumkin. Ootsistlar boshqa sut emizuvchilar (mas, sichqonlar) yoki odam hamda qushlarga oʻtib, jinssiz urchiydi. T. — sut emizuvchi hayvonlar va odam paraziti; toksoplazmoz kasalligini qoʻzgʻatadi.