Tollund odami (miloddan avvalgi 405–384 yillarda vafot etgan) – eramizdan avvalgi 5-asrda, Skandinaviyada, Rimgacha boʻlgan temir asri sifatida tavsiflangan davrda yashagan odamning tabiiy ravishda mumiyalangan jasadi hisoblanadi [1]. 1950 yilda Tollund odami Daniyaning Yutlandiya yarim orolidagi Silkeborg yaqinidagi botqoqda tanasi topilgan[2]. Erkakning tashqi tuzilishi shu qadar yaxshi saqlanganki, uni yaqinda sodir boʻlgan qotillik qurboni deb ham taxmin qilishgan. Tollund odamini kashf etilishidan 12 yil oldin xuddi shu botqoqdan boshqa bir inson tanasi, Elling ayoli topilgan [3]. Olimlarning fikriga koʻra, bu odam qatl qilingan jinoyatchi sifatida emas, balki qurbonlik qilingan deb taxmin qilingan, sababi uning tana tuzilishi va shu bilan birgalikda uning koʻzlari va ogʻzi yopiq boʻlganligidir[4].

Tollund odami

Tollund odamining saqlanib qolgan boshi
Tavalludi Miloddan avvalgi 445–420-yillar
Vafoti Miloddan avvalgi 405–384 yillar
Tollund, Daniya
Boʻyi 161sm
Tollund odamining 1950 yilda topilgan holati.

Kashf etilishi

tahrir

1950-yil 8 mayda Viggo va Emil Xojgaard tomonidan Daniyaning Silkeborg shahridan 12 km (7,5 milya) gʻarbda joylashgan Bjældskovdal torf botqogʻining torf qatlamidan jasadni topishgan[5].

Tollund odami 60 m (200 fut) chuqurlikda, qoʻy terisi va junidan tikilgan uchli qalpoq kiygan holda va shu bilan birgalikda, iyagi ostiga va beliga teridan tikilgan kamar bogʻlagan holda topilgan [2]. Shu bilan birgalikda sochlari qisqa, deyarli qalpoq ostiga yashirib qoʻyilgan. Tollund odami taxminan 40 yosh atrofida boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. Susan K. Lewis—PBS. „Tollund Man“. Public Broadcasting System—NOVA (2006). 2020-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 22-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 Glob, P.. The Bog People: Iron-Age Man Preserved. New York: New York Review of Books, 2004 — 304-bet. ISBN 978-1-59017-090-8. 
  3. „Violence in the Bogs“ (Wayback Machine saytida 18 November 2012 sanasida arxivlangan), Archaeological Institute of America
  4. Hart, Edward, dir. „Ghosts of Murdered Kings“. NOVA. Prod. Edward Hart and Dan McCabe, PBS, 29 January 2014
  5. Silkeborg Public Library; Silkeborg Museum „A Body Appears“. The Tollund Man—A Face from Prehistoric Denmark. Silkeborg Public Library (2004). 2013-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 22-sentyabr.