Tolmen Eduard Cheys
TOLMEN (Tolman) Eduard Cheys (1886—1959) — amerikalik psixolog, neobixeviorizm nazariyotchisi. Bixeviorizm, geshtaloʻppsixologiya va freydizm gʻoyalarini birlashtirib, yangi ilmiy tizimni ishlab chiqqan. Bixeviorizm asoschisi J. Uotsonning gʻoyasiga qaramaqarshi oʻlaroq, u hayvonlarning ham, insonlarning ham xulqi "stimul — reaksiya" tipidagi birliklardan iborat tuzilishga emas, balki yaxlit xattiharakatlar tizimiga ega, deb hisoblaydi. Ushbu tizim oʻz ichiga motiv, maqsad, ashyolar xususiyatlari va ularning tuzilmaviy munosabatlarini farqlash, faraz ishlab chiqish va uni tekshirish kabilarni qamrab oladi. T. mazkur ichki ruhiy holatlarni "oraliq oʻzgaruvchanlik" tushunchasiga birlashtirgan. Ijobiy oʻzgaruvchan reaksiYalarni T. psixologik emas, balki jismoniy reaksiyalar deb baholaydi. Asosiy asari "Hayvonlar va odamlarda maqsadga yoʻnaltirilgan xattiharakat" (1932).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |