Tomas Richard Harkin (1939-yil 19-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik huquqshunos, yozuvchi va siyosatchi. AQSH demokratik partiya aʼzosi. 1975-yildan 1985-yilgacha Iowa shtatining 5-kongress okrugi AQSh vakili, 1985—2015-yillarda Qoʻshma Shtatlar senatori boʻlib ishlagan.

Tom Harkin
Tomas Richard Harkin
upright=‎(1,500 × 2,100 pixels, file size: 1.31 MB, MIME type: image/jpeg)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Tomas Richard Harkin

19-noyabr 1939-yil (1939-11-19) (85 yosh)
Millati ingliz
Kasbi huquqshunos, siyosatchi, yozuvchi

Harkin 1984-yilda AQSh Senati uchun poygada katta farq bilan gʻolib chiqdi. U 1992-yilda oʻz partiyasidan prezidentlikka nomzod boʻlish uchun dastlabki nomzod boʻlgan, biroq u yakuniy gʻolib Bill Klintonni qoʻllab-quvvatlab, saylovdan voz kechgan. U besh marotaba Senatga saylangan va Senatdagi faoliyatining oxirida Senatning sogʻliqni saqlash, taʼlim, mehnat va pensiya qoʻmitasi raisi boʻlib ishlagan. U 1990-yilgi nogironligi boʻlgan amerikaliklar toʻgʻrisidagi qonunning muallifi va Senatda uning bosh homiysi boʻlgan. Harkin kar akasi ham tushuna olishi uchun Senat majlisida kirish soʻzining bir qismini imo-ishoralar tilida soʻzlagan[1]. 2013-yil 26-yanvarda Harkin 2014-yilda qayta saylov uchun nomzodini qoʻymasligini eʼlon qildi[2].

Hayoti, taʼlimi, ilk siyosiy faoliyati

tahrir

Harkin Iowa shtatining Cumming shahrida tavallud topgan. Otasi, Patrick Francis, koʻmir konida ishlagan, onasi esa Franciska Frances Valentine farzandi 10 yoshga toʻlganida vafot etgan. U Dowling Catholic yuqori maktabida oʻqigan[3].

Harkin Iowa shtati universitetida harbiy-dengiz kuchlari ROTC stipendiyasi tanloviga qatnashdi va Delta Sigma Phi tashkiloti aʼzosiga aylandi. U 1962-yilda hukumat va iqtisod fakultetini tamomlab, bakalavr diplomini oldi[4].1962-yildan 1967-yilgacha AQSH harbiy kuchlarida uchuvchi vazifasida xizmat qildi.

1969-yilda Harkin Vashingtonga koʻchib oʻtdi va AQSh Demokratik Kongresi aʼzosi Nil Smitning yordamchisi vazifasida ish boshladi.Neal Smit bilan ishlaganda 1970-yilda delegatsiya bilan birgalikda Janubiy Vetnamga boradi. Sayohati davomida rasmlar oldi va uni 1970-yil 17-iyulda Life Magazin jurnalida nashr ettiradi.

AQSh Senati

tahrir

Saylovlar

tahrir
 
Harkin Kolorado shtatining Denver shahrida boʻlib oʻtgan 2008-yilgi Demokratik Milliy Konventsiyaning birinchi majlisida nogironligi boʻlgan shaxslar foydalanadigan imo-ishoralar tilida oʻz nutqini boshladi.

1984-yilda Harkin Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatiga demokratik nomzodlikda gʻolib chiqdi va respublikachi Rojer Jepsenni hayratlanarli darajada 11,8 ball farq bilan magʻlub etdi[5].U 1990, 1996, 2002, 2008-yillarda qayta saylangan[6].

Manbalar

tahrir
  1. Senator Tom Harkin (D-IA) Delivers Floor Speech in American Sign Language. C-SPAN.
  2. Beaumont. „APNewsBreak: Harkin won't seek 6th Senate term“. Bigstory.ap.org. 19-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2014-yil.
  3. Miller, Judith. "Tom Harkinʻs Old-Time Religion", The New York Times, February 9, 1992. Accessed November 6, 2007. „After his mother died, Harkin, an altar boy, went to Dowling Catholic High School in Des Moines and won a Navy ROTC scholarship to college.“
  4. Bartholomew, David. „Senator Tom Harkin announces plans to retire“ (inglizcha). Iowa State Daily (2013). 24-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2018-yil.
  5. Barron, James. „THE 1984 ELECTIONS: HARD-FOUGHT CONTESTS FOR THE SENATE; DEMOCRAT UNSEATS JEPSEN IN THE IOWA SENATE RACE“. The New York Times (7-noyabr 1984-yil). Qaraldi: 18-fevral 2020-yil.
  6. „Iowa Sen. Harkin endorses Dean“. Cable News Network. Qaraldi: 19-fevral 2020-yil.