Tomdibuloq
Tomdibuloq — Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi shaharcha (2009-yildan[2]). Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qizilquduq (65 km). Aholisi 5,1 ming kishi[1] (2024). Artezian qudugʻidan suv oladi. Hududida tuman hokimiyati, tuman davlat va maʼmuriy tashkilotlari, umumiy taʼlim maktablari, kutubxona, klub muassasalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, aloqa boʻlimi, markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar bor. Tomdibuloqdan tumandagi yirik aholi punktlariga avtobus qatnaydi[3].
Tomdibuloq | |
---|---|
shaharcha | |
41°43′0″N 64°37′0″E / 41.71667°N 64.61667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Navoiy viloyati |
tuman | Tomdi tumani |
Aholisi (2024[1]) |
5 100 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „ПОСТАНОВЛЕНИЕ КАБИНЕТА МИНИСТРОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 13.03.2009 г. N 68 О ДОПОЛНИТЕЛЬНЫХ МЕРАХ ПО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ АДМИНИСТРАТИВНО-ТЕРРИТОРИАЛЬНОГО УСТРОЙСТВА НАСЕЛЕННЫХ ПУНКТОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН“ (ru). lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Qaraldi: 11-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Tomdibuloq“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 8-jild (Solnoma — Toʻytepa). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004 — 704-bet.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |