Tomma Abts
Tomma Abts (nemis: Tomma Abts, 1967-yil 26-dekabr, Kiel[1]) — abstrakt rassom. 2006-yilda Londondagi Teyt Xollda Tyorner mukofotini olgan[2]. Hozirda u Londonda yashaydi va ishlaydi[3].
Erta hayot va taʼlim
tahrirTomma Abts 1967-yilda Germaniyaning Kiel shahrida[2][4] tugʻilgan. Otasi boshlangʻich maktab oʻqituvchisi, onasi esa ginekolog[5] edi. 1989-yildan 1995-yilgacha T. Abts Berlin sanʼat universitetida tahsil oldi[2]. U 1995-yildan beri Londonda yashaydi[6] va Klerkenvellda Londonga birinchi marta grant asosida kelganidan beri oʻzining shaxsiy studiyasi bor[5]. Faqat 2002-yildan beri u oʻz rasmlarini sotib, shuning puliga yashaydi[5].
Ishlari
tahrirT. Abts akril va moylarda ishlaydi, koʻpincha takrorlanadigan geometrik elementlardan oʻz dizaynlarini yaratadi. Uning uslubini mavhum deb tasniflash mumkin, lekin u Germaniyaning neo-ekspressionistik tasviriy yoʻnalishiga ham qarama-qarshidir[7]. Uning rasmlarining hech biri boshqa suratlarining alohida namunasi emas. Bir xil tasvir uslubi yoʻq. Ularda tabiatga, dunyoga yoki boshqa mavzuga havolalar yoʻq. Rasmlarda turli yoʻllar bilan bir nuqtada jam boʻlgan va bir-biriga bogʻlangan murakkab shakllar qoʻllanadi, ular rasmga yorqin ranglar, soyalarni qoʻshadi[8]. .
Tomma Abts ilgari barcha oʻlchamdagi shakllar ustida ishlagan[5]. 2000-yillarning boshidan beri Abtsning barcha rasmlari 48 x 38 sm boʻlib, uning rasmlari nomlari nemis familiyalari lugʻatidan olingan. Uning soʻzlariga koʻra, bu oʻlcham va uslub unga mos keladi[9]. Har bir asar boy va biroz neytral rang sxemasiga ega. Har bir sanʼat asarida ranglar bir-biriga qoʻshilib ketadi[7]. T. Abts har bir rasmni doimiy va ehtiyotkorlik bilan yaratish va ishlash orqali 3D effektini yaratadi. Asarlar qalin boʻyoq qatlami bilan boʻyalgan. Koʻrinishidan, boʻyoq qatlamlari tayyor mahsulot ostida biror narsani yashirishi mumkin.
T. Abtsga asarlarini yaratish uchun uzoq vaqt talab etiladi, shuning uchun uning rasmlari soni kam[8]. U shuningdek, rasmlarini bosma nashrlarga, xususan, Kaliforniyaning San-Fransiskodagi Crown Point Press nashriga joʻnatib turadi[10]. .
Eʼtirof
tahrir2006-yilda Tomma Abts Londondagi Teyt galereyasidan Tyorner mukofotini qoʻlga kiritdi[9][11]. Teyt galereyasi aʼzolari "uning rasmga boʻlgan qatʼiy va izchil yondashuvini" maqtadi va qoʻshimcha qildi: Tomma Abst[2] asta-sekin ularning noaniqligini ochib boʻlmaydigan tasvirlarni yaratadi"[2] hamda "intim va ishonarli rasmlari bilan u mavhum rangtasvir tilini rivojlantiradi va boyitadi"[2]. 2006-yilda Rebekka Uorren, Fil Kollinz va Mark Titchner ham mukofot uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan edi[12]. T. Abts ushbu mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi ayol rassom boʻldi.
Nemis sanʼatshunosi Niklas Maak Tomma Abtsning ishini "GDRdagi eski devor fabrikasining gulqogʻozlari" bilan taqqoslab, rassomning asarlari Germaniyadagi vatanida deyarli nomaʼlumligini, konstruktivistlar va neokonstruktivistlardan ilgari yaxshiroq ishlarni yaratganini taʼkidladi[13].
Manbalar
tahrir- ↑ „Abts, Tomma, (born 26 Dec. 1967), artist; Professor of Painting, Kunstakademie, Düsseldorf, since 2010“ (inglizcha). WHO'S WHO & WHO WAS WHO. 27-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2021-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Tate. „Turner Prize 2006 artists: Tomma Abts“ (inglizcha). Tate. 27-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Tomma Abts - Biography | David Zwirner“. www.davidzwirner.com. 27-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2021-yil.
- ↑ Phaidon Editors (2019). Great women artists. Phaidon Press. — S. 20. ISBN 978-0714878775.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „'I'm sure they were thinking it was time a woman won'“ (inglizcha). the Guardian (6-dekabr 2006-yil). 29-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2021-yil.
- ↑ Tom Teodorczuk, Evening Standard. „Turner Prize returns to artistic roots“ (inglizcha). www.standard.co.uk (5-aprel 2012-yil). 27-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2021-yil.
- ↑ 7,0 7,1 LANCE ESPLUND | April 10, 2008. „Shadow Play“. The New York Sun. 27-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2021-yil.
- ↑ 8,0 8,1 Johnson, Ken. „Little Canvases That Contain Worlds“. The New York Times (11-aprel 2008-yil). 27-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2021-yil.
- ↑ 9,0 9,1 „German painter wins Turner Prize“ (5-dekabr 2006-yil). 30-sentabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Abts Overview 2009“ (inglizcha). Crown Point Press. 27-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2021-yil.
- ↑ Sarah Thornton (2 Noyabrya 2009). Seven Days in the Art World. New York. ISBN 9780393337129. OCLC 489232834.
- ↑ Tate. „Turner Prize 2006 – Exhibition at Tate Britain“ (inglizcha). Tate. 27-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Картины лауреата Тернеровской премии сравнили с обоями“. lenta.ru. 27-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2021-yil.
Havolalar
tahrir- http://www.guardian.co.uk/uk/2006/dec/05/turnerprize2006.topstories3(ingl.) )
- https://web.archive.org/web/20080424114126/http://www.greengrassi.com/abts.php(ingl.) )
- http://www.artfacts.net/index.php/pageType/artistInfo/artist/10462/lang/2 (mavjud+havola)[sayt ishlamaydi](olm.) )
- http://www.arthistoryarchive.com/arthistory/abstractexpressionism/Tomma-Abts.html(ingl.) )
- https://web.archive.org/web/20120203141013/http://www.tate.org.uk/britain/turnerprize/2006/tommaabts.htm Tate.org.uk(ingl.) )
- https://www.welt.de/data/2006/05/18/888462.html[sayt ishlamaydi](olm.) )
- https://web.archive.org/web/20090510071735/http://www.britishcouncil.org/biography_tomma_abts.pdf Britishcouncil.org (PDF)(ingl.) )
- http://www.nourbakhsch.de/kuenstler/index.php?show=werke&kuenstler=2&lang=eng&pic=0&offset=0&limit=10[sayt ishlamaydi](olm.) )
- https://web.archive.org/web/20080424114126/http://www.greengrassi.com/abts.php Greengrassi.com(ingl.) )