Tommaso Campanella
Tommaso Campanella (5-sentyabr 1568, Stilo, Italiya — 21-may 1639, Parij) — italyan faylasufi, shoir, siyosiy arbob, kommunistik utopiya ijodchisi. 14 yoshidan dominikchirohiblikni qabul qilgan. „Sezgilar yordamida isbotlangan falsafa“ asarida B. Telezio naturfalsafasini himoya qilgan. Bir necha marta bidʼatchilikda ayblangan. 1598—99-yillarda Kalabriyada ispan bosqinchilariga qarshi isyon uyushtirgani uchun umrbod qamoqqa hukm qilindi. 27 yil qamoqda yotib, falsafa, siyosat, falakiyot, tibbiyotga oid oʻnlab asarlar yezdi. 1629-yil qamoqdan ozod etildi. Campanella tabiatni tajriba yoʻli bilan bilish tarafdori edi. Uning fikricha, xulqning oliy maqsadi — shaxsiy hayotni ehtiyot qilmoq va taʼminlamoqdir.
Iroda batamom hukmronlikka yoʻnaltirilishi lozim; xukmronlikka bilim orqali erishiladi, bilim esa butun tarbiyaning asosiga qurilgan boʻlishi keraCampanella Campanellaning „Quyosh shahri“ (1602) asari dengizchining hikoyasi shaklida yozilgan boʻlib, unda olimkohinlar tabaqasi tomonidan boshqariluvchi ideal jamoa bayon qilingan (jamoada xususiy mulk va oila boʻlmaydi, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, hamma uchun majburiy mehnat 4 soatlik ish kunidan iborat qilib joriy etiladi, fan va maorif tarak, qiy etadi). Lirik sheʼrlar, sonetlar muallifi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |