Anthony William Mundine (talaffuzi: Entoni Uilyam Mandayn; 1951-yil 9-iyunda tugʻilgan)[1] — OAM sohibi, avstraliyalik sobiq bokschi va mamlakatning eng mohir mahalliy jangchilaridan biri. Toʻrt vazn toifasida professional musobaqalarda qatnashgan yagona avstraliyalik bokschi boʻlgan Mundine avstraliyaning oʻrta vazn, yarim ogʻir vazn va ogʻir vazn toifalari, shuningdek, Hamdoʻstlik oʻyinlarining oʻrta va yarim ogʻir vazn toifasi unvonlariga ega edi. Shuningdek, Mundine 1974-yilda Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yoʻnalishi boʻyicha oʻrta vazn toifasida jahon chempioni unvoniga daʼvogarlik qilgan[2]. U sobiq jahon chempioni bokschi Anthony Mundinening otasi va Warren Mundinening amakivachchasi[3].

Tony Mundine
Statistikasi
Asl ismi Anthony William Mundine
Vazni ogʻir vazn
oʻrta ogʻir vazn
oʻrta vazn
Millati Avstraliyalik
Tavalludi 10-iyun 1951-yil (1951-06-10) (73 yosh)
Baryulgil, Avstraliya[1]
Uslubi Orthodox

Boks bilan shugʻullanish

tahrir

Mundine 1969-yil 5-martda boʻlib oʻtgan oʻzining birinchi matchida Frank Gremga qarshi gʻalaba qozongan. Bir yildan kamroq vaqt ichida Mundine oʻzining birinchi unvonini, Avstraliya oʻrta vazn tojini qoʻlga kiritgan[4]. Uning soʻnggi jangi 1984-yil 19-martda Alex Suaga qarshi boʻlgan.

Mundine 1974-yil 5-oktabrda Carlos Monzonga o‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun raqiblik qilgan, ammo 7-raundda nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan. Mundine 16 yillik faoliyati davomida hech bir avstraliyalik bokschiga mag‘lub bo‘lmagan[5]. U Emile Griffith, Monti Betham, Steve Aczel, Bennie Briscoe va Alex Sua kabi koʻplab eng yaxshi bokschilar bilan jang qilgan[6].

Professional boks rekordi

tahrir

Izoh: KO-nokaut, TKO-texnik nokaut, UD-yakdil qaror , MD- bir nechta hakamlar qarori, PTS — ochkolar (ballar boʻyicha), DQ — diskvalifikatsiya

1980-yildan 1984-yilgacha [1]
Natija Rekord Raqib Turi Raund Sana Manzil
Magʻlub 21–3 Alex Sua PTS 12 19-mart 1984 Auckland, Yangi Zelandiya
Magʻlub 15–6–2 Rufino Angulo KO 5 13-iyun 1983 Parij
Gʻolib 13–3–1 Dragomir Milo Popovic TKO 6 6-noyabr 1982 Noumea
Magʻlub 34–8 Murray Sutherland UD 10 6-sentyabr 1982 Brisbane, Queensland
Gʻolib 24–1–1 Mustafa Wasajja PTS 10 11-iyun 1982 Marseille, Bouches-du-Rhône, Fransiya
Gʻolib 29–1–1 Hocine Tafer KO 2 8-May 1982 Grenoble, Isère, Fransiya
Magʻlub 53–12 Yaqui Lopez TKO 3 27-noyabr 1981 Gold Coast, Queensland, Avstraliya
Gʻolib 27–4–1 Steve Aczel TKO 6 24-iyul 1981 Brisbane, Queensland, Avstraliya
Gʻolib 54–15–1 Bunny Johnson TKO 10 20-May 1981 Gold Coast, Queensland, Avstraliya
Magʻlub 21–13–2 Jesse Burnett PTS 12 4-mart 1981 Auckland, Yangi Zelandiya
Gʻolib 38–9 Monty Betham KO 5 15-dekabr 1980 Auckland, Yangi Zelandiya
Gʻolib 1–1 Joe Fabiano KO 6 20-sentyabr 1980 Noumea, New Caledonia
Gʻolib 23–3–1 Steve Aczel TKO 9 28-iyul 1980 Brisbane, Queensland, Avstraliya
Gʻolib 10–21–5 David „The King“ Smith UD 10 30-may 1980 Pirae, French Polynesia
Gʻolib 9–5–1 David Conteh PTS 10 18-aprel 1980 Bologna, Emilia Romagna, Italiya
Gʻolib 17–3 Pat Cuillo DQ 5 4-aprel 1980 Milan, Lombardia, Italiya

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Peacock, Matt. „Mundine's hometown copes with asbestos legacy“. The 7.30 Report. Australian Broadcasting Corporation (2006-yil 23-mart). Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
  2. „Tony Mundine“. A history of aboriginal Sydney. University of Sydney (2010). 2013-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
  3. „Book Review: Warren Mundine's in Black + White is a searing look at Australian history & politics – Arts on the AU“. 2018-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
  4. Cameron. „The Fighting Mundines From Sydney, Australia“. Fight Times Magazine (2006-yil iyun). Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
  5. Tony Mundine. Turning Sixty
  6. Tony Mundine. BoxRec.