Torf sanoati
Torf sanoati - torf qazib olish, uni qayta ishlash va iste`molchiga yetkazib berishdan iborat. Torf o`simliklarni chala parchalanishi natijasida botqoqlarda kislorod miqdori kam bo`lgan sharoitda hosil bo`ladigan tog` jinsi. Tabiiy holda juda katta namlikka ega (88—94 foiz). Torf konlari asosan tekisliklarda ko`proq tarqalgan. Torf yoqilg`i maqsadlarida, qishloq xo`jaligida, qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Kelajakda kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatish ko`zda tutilmoqda.
Jahondagi torf konlari zaxiralarining 2/3 qismi Rossiyaga to`g`ri keladi (138 mlrd tonna quruq torf) va asosan igna bargli o`rmonlar xududida tarqalgan. Torf konlari zaxirasining qolgan 1/3 qismi Skandinaviya davlatlariga, Polsha, Germaniya, Irlandiya, Kanada, Indoneziya, Estoniya, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlarga to`gri keladi. Torfning issiqlik berish koeffisienti 3000—4000 kaloriya. Agar torfni koksga aylantirilsa, yoki undan briketlar tayyorlansa, yoqilg`ining sifati oshadi. Uni gazga aylantirish ham mumkin. Torfdan olinadigan gaz sanoatning metallurgiya, mashinasozlik, oynasozlik va boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Bir tonna torfdan olingan gaz 220 kg neftga tengdir
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |