Torre Entel (Entel minorasi) – 127.4 metr (418 ft) uzunlikka ega boʻlgan Chilining Santyago shahridagi telekommunikatsion minora. Torre Entelda tashrif buyuruvchilar uchun ochiq kuzatuv maydoni mavjud. Qurilish 1970-yilda Eduardo Frei Montalva prezidentlik davrida boshlangan. Minora 1974-yilda ochilgan. 1976-yilda u oʻzining birinchi televizion translatsiyalarini amalga oshirdi. Koʻp yillar davomida inshoot Chilidagi eng baland bino boʻlgan va bugungi kunda Santyagoning ramzi boʻlib qolmoqda. Minora beton, poʻlat va alyuminiydan qurilgan.

Torre Entel

18 qavatli 128 m balandlikdagi binoning qurilishi 1974-yilda tugagandan soʻng, mamlakatdagi eng baland meʼmoriy inshoot boʻldi. 1996-yilda 143 m balandlikdagi Telefonica minorasining ochilishiga qadar oʻz maqomini saqlab qoldi. Uning dizayni telekommunikatsiyaning qadimiy shakli boʻlgan mash’alani ifodalaydi[1].

Tarixi

tahrir
 
Torre Entel

Binoning qurilishi Eduardo Frei Montalva hukumati davrida, 1970-yil 1-iyulda Milliy telekommunikatsiya markazining bir qismi sifatida boshlangan. Toʻrt yillik qurilishdan soʻng minora 1974-yil 30-avgustda hozirgi koʻrinishga keldi. Minoraning tuzilishiga bir necha yil oldin qurilgan Londondagi BT Tower taʼsir koʻrsatgan.

Keyinchalik, 1975-yil 8-sentyabrda ikkita sunʼiy yoʻldosh antennalari oʻrnatildi. 1976-yil 12-aprelda telefon kanallari ishga tushdi. Shu paytdan boshlab, Entel minorasi mamlakat aloqa tizimining muhim yadrosiga aylandi, bu orqali Entelning telefon, televidenie, radio va mikrotoʻlqinli tarmogʻi xizmatlarini Chili telefon kompaniyasi (hozirgi Movistar) va shimol, markaz hamda boshqa tarmoqlar bilan oʻzaro bogʻlash imkonini berdi. Bundan tashqari, inshoot Longovilo sunʼiy yoʻldosh aloqasi yerosti stansiyasiga ulangan. Ayni paytda u yerda sunʼiy yoʻldosh orqali xalqaro trafikni amalga oshiruvchi barcha jihozlar, Santyago-Mendoza yer usti, janubiy va shimoliy Milliy magistral tarmoqlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Ular davlat shaharlararo telefon, teleks, televidenie va radioeshittirish xizmatlarini oʻzaro bogʻlaydi.

2009-yil 31-dekabrga oʻtar kechasi Janubiy Amerikadagi eng katta LED displeyning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va minora tepasiga „Yangi yil“ bayramini nishonlash uchun oʻrnatildi. Ekran 320 kvadrat metrni tashkil etdi va ob-havo maʼlumotlari hamda yangiliklarni koʻrsatish uchun moʻljallandi. 

Chililiklar uchun Entel minorasi haqiqiy shahar ramziga aylangan. Inshoot poytaxtning eng olis nuqtalaridan ham koʻzga tashlanib turadi.

2019-yil 12-noyabr kuni Chilidagi norozilik namoyishlari doirasida minora poydevori nomaʼlum shaxslar tomonidan talon-taroj qilindi va vandallik amalga oshirildi[2].

Arxitekturasi

tahrir
 
Torre Entel Alamedadan koʻrinishi

Entel minorasi poydevoridan 127,40 m balandlikda boʻlib, Santyago metrosining La Moneda stansiyasi yonida joylashgan[3].

Uy-joy va shaharsozlik vazirligining Hujjatlar markazidan olingan maʼlumotlarga koʻra, minora texnik jihatdan quyidagi qurilish maʼlumotlariga ega:

  • Texnik spetsifikatsiyalar:
    • Qazilgan material miqdori: 9000 m³
    • Ishlatilgan beton: 2700 m³
    • Maydoni: 1643 m²
    • Ogʻirligi: 8620 tonna
    • Poydevorning ogʻirligi: 2000 tonna
  • Ishtirok etgan mutaxassislar:
    • Arxitektorlar: Karlos Alberto Kruz Klaro, Xorxe Larrain Latorre, Rikardo Labarka Fernandes, Daniel Ballassi Frontaura
    • Strukturaviy muhandislar: Rodrigo Flores Alvares va Mario Kanales Adriazola.
    • Institut binosining konstruktiv muhandisi: Santyago Arias
    • Ish uchun mas’ul muhandis: Ivan Pulgar

Manbalar

tahrir
  1. „HISTORIA DE LAS TELECOMUNICACIONES“. Qaraldi: 2020-yil 14-may.
  2. FayerWayer. „Saquean la icónica Torre Entel en medio de manifestaciones“ (en-US). FayerWayer. Qaraldi: 2020-yil 14-may.
  3. „Torre Entel (Santiago de Chile, 1974)“ (en). Structurae. Qaraldi: 2020-yil 15-may.

Havolalar

tahrir