Torta caprese shokoladli va yongʻoqli italyan tortidir. Italiyaning Neapol shahrida mashhur.[1] Kapri oroli sharafiga shunday nomlangan.

Torta caprese
Torta caprese
Torta caprese
Turi Unsiz shololadli tort
Asosiy komponentlari Sariyogʻ, shakar, tuxum sarigʻi va oqi, bodom, shokolad

Tayyorlanishi

tahrir

Caprese tortining koʻplab variantlari mavjud, ammo asosiy retsepti yumshoq sariyogʻni shakar bilan aralashtirish, soʻngra tuxum sarigʻi va mayda toʻgʻralgan bodom, eritilgan shokolad va koʻpchitilgan tuxum oqi kabi boshqa masalliqlarni qoʻshishdir. Tort retseptining oʻziga xosligi un solinmasligidir. Pishirgandan soʻng tortning ichi yumshoq, tashqarisi esa qattiq boʻladi. Odatda ustiga shakar kukuni sepiladi.

Tarixi va afsonalar

tahrir

Tortning kelib chiqishi haqida koʻplab afsonalar mavjud. Eng mashhurlaridan biri Neapol qiroliga tekkan avstriyalik malika avstriyacha „Sacher“ tortini yegisi kelgani, ammo Neapol qandolatchilari bu retseptni bilmagani uchun odatiy neapolcha masalliq — bodomdan foydalanib tort qilishgani haqidadir.

Yana bir afsonada 1920-yillardagi qandolatchi oshpaz sayyohlar uchun tayyorlagan bodomli tortiga un qoʻshishni unutganligi haqida hikoya qilinadi. Ammo sayyohlarga tort juda yoqadi va uning shuhrati osha boshlaydi.[2] Bu „tarixdagi eng omadli xatolardan biri“ (italyancha: uno dei pasticci più fortunati della storia).[3] Ushbu afsonaning bir versiyasiga koʻra, bu sayyohlarning orasida Al Kapone gangsterlari boʻlib, ular italyancha gamashi sotib olish uchun Kapriga suzib kelishgan, ularning yetakchisi oʻzini koʻz-koʻzlashni sevardi, oshpazni esa Karmine Di Fiore deb atashardi.[4]

Boshqalarning fikriga koʻra, Fontelina tantanali restoranida tort tayyorlashda qandolatchining Kapokkyano degan yordamchisi xato qilgan va hozirgacha Kapri tarixida qolgan.[5]

Yana bir hikoyada tort ixtirosi 1930-yillarda nemis rassomi August Weberning ikki avstriyalik merosxoʻri bilan bogʻliq boʻlib, ular uzoq vaqt davomida orolda goʻzal Marina Piccola koʻrfazidagi oʻz villasida yashagan.[6] Bu orolda boʻlgan kunlarida xonimlar bugʻdoy unini bodom uni bilan almashtirib, oʻzlarining sevimli „Sacher“ tortini tayyorlashga qaror qilgan.[7]

Umuman olganda, koʻplab mualliflar Caprese torti ilk marotaba Kapri orolining turizm sanoati tomonidan orol mehmonlari uchun tayyorlanganligini tasdiqlaydi. Avvaliga u choyxonalarda tortilgan. Tobora ommalashib ketganidan keyin restoranlar ham oʻz menyusiga kiritgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Google Translate“. Translate.google.com. Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
  2. Capri. Prodotti tipici. Torta caprese
  3. Tales of a dolce born by mistake in a corner of Paradise
  4. How did Torta Caprese come about?, 2020-08-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-11
  5. Znamenitiy tort Kapreze: ot istorii k reseptu[sayt ishlamaydi]
  6. „Marina Piccola. Wimmelbook. August Weber“. 2019-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-may.
  7. Torta Caprese