Toru Ivatani (yaponcha: 岩谷 徹 Ivatani Toru?, 1955-yil, 25-yanvarda tugʻilgan) karyerasining katta qismini Namco kompaniyada oʻtkazgan yapon video dizayneri hisoblanadi. U Pac-Man oʻyini (1980) yaratuvchisi sifatida tanilgan.

Toru Ivatani
岩谷徹
Tavalludi
Toru Ivatani

Andoza:25-yanvar, 1955-yil
Fuqaroligi Yaponiya
Kasbi Video o'yin dizayneri
Mukofotlari CEDEC Awards — Special Award[d] (2015)

Yoshlik

tahrir

Ivatani 1955-yil 25-yanvarda Yaponiyaning Tokio shahridagi Meguro hududida tugʻilgan. Otasi Yaponiya radioeshittirish korporatsiyasiga muhandis boʻlib ishga kirgach, u oilasi bilan Yaponiyaning Tohoku viloyatiga koʻchib oʻtdi. Bu paytda Toru boʻgʻchaga borar edi. Maktabni tamomlagandan soʻng, Ivatani Tokioga qaytib keldi va Tokio Metropolitan Universitetining oʻrta maktabini, Tokai universiteti muhandislik fakultetini tamomlagan. Ivatani dasturlash yoki grafik dizayn boʻyicha hech qanday rasmiy taʼlimsiz kompyuterda mustaqil ravishda oʻrgangan. [1] U tez-tez maktab darsliklariga turli mangalar chizishni yoqtirgan, uning fikricha, bu uning oʻyinlaridagi personajlar dizayniga katta taʼsir koʻrsatgan. [2]

Karyera

tahrir

1977-yil 22 yoshida Ivatani Namco videooʻyinlarini ishlab chiqaruvchi yapon kompaniyasiga ishga kiradi. U kompaniya jamoasiga qoʻshilishidan oldin, Namco kompaniyasi Nolan Bushnell asos solgan Atari Inc.kompaniyasining Yaponiya boʻlimini sotib olgan va ularga kompaniyaning koʻplab oʻyinlarini, masalan, Breakoutni butun mamlakat boʻylab tarqatish huquqiga ega boʻlgan edi. Bu Namco uchun misli koʻrilmagan muvaffaqiyat boʻldi va ular uchun oʻyinlar yaratish uchun boshqa kompaniyalarga ishonish oʻrniga, oʻzlarining shaxsiy videooʻyinlarini ishlab chiqarishga katta zamin yaratdi. Ivatani ushbu kompaniyaning aynan videooʻyinlar ishlab chiqish boʻlimiga ishga kiradi. U dastlab pinbol mashinalarini yaratmoqchi edi, ammo Namco rahbarlari patent bilan bogʻliq muammolar tufayli bu goʻyani rad etishadi. Ammo Ivataniga pinbol kontseptsiyasiga asoslangan videooʻyinni yaratishga ruxsat beriladi. Ivatani dasturchi Shigeichi Ishimura bilan birgalikda 1978-yilda Gee Bee -oʻyinini yaratdi. Oʻyin kompaniyaga kutilganidek muvaffaqiyat olib kelmagan boʻlsa-da, Gee Bee Namco-ga asta-sekin kengayib borayotgan videooʻyinlar bozorida oʻz oʻrnini topishiga yordam berdi. Ivatani dizayner sifatida ushbu oʻyinning davomi hisoblangan Bomb Bee va Cutie Q lar chiqariladi(1979).

1979-yil oxiriga kelib, Ivatani videooʻyinlar sanoatidan hafsalasi pir boʻldi va bozor faqat " Space Invaders " kabi zoʻravon „urush“ oʻyinlari va Pong kabi sport oʻyinlaridan foydalanishni targʻib qiladi, degan toʻxtamga keldi. U ovqatlanish kontseptsiyasiga asoslangan, yoqimli, rang-barang personaj dizayni va tushunarli qoidalari bilan ayollarga yoqadigan videooʻyinni yaratishga qaror qildi. Toʻqqiz xodimdan iborat kichik jamoa bilan ishlagan Ivatani Pac-Man ni yaratdi (1980-yil 22-mayda sinovdan oʻtkazildi va iyul oyida Yaponiyada va oktyabr oyida Shimoliy Amerikada chiqarildi). Ushbu oʻyin Yaponiyada oʻrtacha muvaffaqiyat qozondi (Namco kompaniyasining oʻz Galaxianidan oʻzib ketgan boʻlsa-da), Pac-Man Shimoliy Amerikada misli koʻrilmagan muvaffaqiyatga erishdi va tezda 100 000 dan ortiq arkada birliklarini sotdi va eng koʻp sotilgan va oʻz davrining eng koʻp daromad keltiruvchi arkada oʻyiniga aylandi. Oʻshandan beri Pac-Man Namco-ning barcha davrlardagi eng muvaffaqiyatli videooʻyini va kompaniyaning imzosiga aylandi. Katta muvaffaqiyatdan soʻng, Ivatani kompaniya maʼmuriyatini nazorat qilish uchun mas’ul lavozimga koʻtarildi. Pac-Man muvaffaqiyatiga qaramay, Ivatanining hech qanday bonus olmadi yoki maoshi oʻzgartirmadi. [3] Ammo Ivatani kompaniyani maosh kamligi yoki bonuslar yoʻqligi sababli tark etdi degan mish-mishlarni doim inkor etadi.

Ivatani 1983-yilda bolaligida oʻynagan oʻyiniga asoslangan egizak tayoqli boshqotirma Libble Rabble loyihasini ishlab chiqdi. Ivatani Libble Rabble oʻzining sevimli oʻyini ekanligini taʼkidlaydi. U, shuningdek, Namco-ning koʻplab arkada oʻyinlari, jumladan Rally-X, Galaga, Pole Position, Ridge Racer va Time Crisis uchun prodyuser boʻlib ishlagan. 2005-yil aprel oyidan boshlab Osaka Sanʼat universitetida tashrif buyuruvchi professor sifatida „Personaj dizaynini oʻrganish“ fanidan dars berdi. Ivatani 2007-yilning mart oyida Tokio Politexnika Universitetida maʼruzachi boʻlish uchun Namconi tark etdi. [4] Ivatani Namcoga 2007-yilda Xbox 360 uchun Pac-Man Championship Edition- ni ishlab chiqish uchun qaytdi va u ishlab chiqadigan soʻnggi oʻyin boʻlishini aytdi. [5]

2010-yil 3-iyun kuni Oʻyinlar festivalida Ivatani Ginnesning rekordlar kitobidan Pac-Man boʻyicha dunyo boʻylab eng koʻp „tanga bilan boshqariladigan arkada mashinalari“ oʻrnatilganligi haqidagi sertifikat qabul qilib oldi: 293.822. Rekord 2005-yilda oʻrnatildi va Ginnesning rekordlar kitobida qayd etildi: Gamer’s Edition 2008 . [6]

Ishlari

tahrir
Nomi Chiqarilgan yili Vazifasi
Bee 1978-yil Dizayner
Cutie Q 1979-yil Dizayner
Pac-Man 1980-yil Dizayner
Rally-X 1980-yil Prodyuser
Galaga 1981-yil Prodyuser
Pole pozition 1982-yil Prodyuser
Super Pac-Man 1982-yil Dizayner
Pole pozition II 1983-yil Prodyuser
Libble Rabble 1983-yil Dizayner
Pac-Land 1984-yil Prodyuser
Pac-Mania 1987-yil Direktor
Quester 1987-yil Prodyuser
Ridge Racer 1993-yil Prodyuser
Time crisis 1995-yil Prodyuser
Pac-Man championship Edition 2007-yil Loyiha rahbari

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir
  1. „Toru Iwatani, 1986 Pac-Man Designer | Programmers At Work“ (2010-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 25-iyul.
  2. Kohler, Chris. Power-Up: How Japanese Video Games Gave the World an Extra Life, 2016 — 52-bet. 
  3. Pfeffer. „Exclusive: Pac-Man Creator Speaks!“. VH-1 (2007-yil 6-iyun). Qaraldi: 2007-yil 7-iyun.
  4. Wyman, Walt. „Pac-Man creator leaves Namco Bandai for school“. GameSpot (2006-yil 10-iyul). 2006-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 31-iyul.
  5. Ransom-Wiley, James. „Chasing pellets: Pac-Man tries to make history again“. Joystiq (2007-yil 7-iyun). 2014-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Müller. „Pac-Man wereldrecord beklonken en het hele verhaal“ (nl). NG-Gamer (2010-yil 3-iyun). 2011-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir

Andoza:Namco BandaiAndoza:Pac-Man series