Toshbuloq (qadimiy shahar)
Toshbuloq – Oʻzbekiston hududida joylashgan qadimgi shahar[1][2][3]. Buyuk ipak yoʻli natijasida asos solingan. Shaharda V asrdan XI asrgacha aholi istiqomat qilgan. Hududi 12-15 gektarni boʻlgan. Tugunbuloq qadimiy shahridan 3 km uzoqlikda joylashgan[4].
Toshbuloq | |
---|---|
qadimgi shahar | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Asos solingan | Buyuk ipak yoʻli davri |
Qachondan beri qadimgi shahar | V—XI asrlar |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Aholisi
tahrirShahar qish va bahor fasllari mobaynida qor bilan qoplangani bois, aholisi asosan temirchilik faoliyati bilan shugʻullangan. Shu bilan birgalikda, yoz oylarida shahar aholisi chorvachilik bilan shugʻullangan.
Kashf etilishi
tahrirTadqiqotchilar 2011-yilda Oʻzbekistonning janubi-sharqidagi togʻlarda izlanishlar olib borayotgan vaqtda qabristonni koʻrib qolishgan va bu yerni oʻrganishgan[5]. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimi Farhod Maqsudovning fikricha, hududdan topilgan sopol idishlar va qabrlar bu yerda aholi yashagan degan fikrni tasdiqlaydi. Vashington universitetining arxeolog-olimi Michael Frachetti bergan maʼlumotlarga koʻra, ushbu hudud dengiz sathidan 2,000 metr balandlikda joylashgan. 2022-yilda tadqiqotchilar „LiDAR“ nomli dron yordamida shaharni xaritalashtirgan. Shaharning yuqori hududda joylashuviga sabab qilib, shahar aholisi uchun temirni eritishda kerak boʻladigan olovlarni hosil qilishda yuqorida esadigan shamolning roli kattaligi koʻrsatiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Lost Silk Road cities were just discovered with groundbreaking tech“. https://www.nationalgeographic.com/.+Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Lost Silk Road Cities Discovered High in the Mountains of Central Asia“. www.scientificamerican.com. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
- ↑ „O‘zbekiston tog‘larida ikki qadimiy shahar qoldiqlari topildi“. Uzreport.news. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Silk Road cities reached surprising heights in Central Asia’s mountains“. www.sciencenews.org. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
- ↑ „O‘zbekiston tog‘larida Ipak yo‘lining ikkita shahri qoldiqlari topildi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.