Toshkent avtomobil yoʻllar instituti
Toshkent politexnika institutining "Avtomobil va yoʻllar" fakulteti negizida 1972-yil 1-sentyabrdan boshlab "Toshkent avtomobil yoʻllari" instituti barpo etildi.
Xalqaro nomi |
Tashkent Automobile and Road Construction Institute |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1972 |
Veb-sayti |
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti - avtomobil xoʻjaligi, avtomobilsozlik zavodlari, yoʻl korxonalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent politexnika instituti avtomobil va yoʻllar fakulteti negizida 1972-yil tashkil etiyagan. Institutda avtomobilsozlik, avtomobil transporti, avtomobil yoʻllari qurilishi, avtomobil yoʻllari iqtisodi va boshqaruvi, iktidorli talabalar bilan ishlash va magistratura hamda sirtqi taʼlim ftlari bor. Institut qoshida litsey, tayyorlov boʻlimi, tarmoq mutaxassislarining malakasini oshirish kurslari mavjud. Institutda 9 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 11 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. Institutda 34 ta kafedra, 17 ta ilmiy tadqiqotlar guruhlari, aspirantura va doktorantura boʻlimlari, kutubxona (400 mingdan ziyod adabiyot) bor. Ishlab chiqarish. korxonalarida kafedra filiallari faoliyat koʻrsatadi. Institut tashkil etilganidan beri 31000 dan ziyod oliy malakali mutaxassis yetishtirildi. Institutda dunyoning 26 mamlakatidan kelgan 450 talaba taʼlim oldi. 2003/04 oʻquv yili institutda 4100 talaba oʻqidi.
Institut Rossiya, Ukraina, Germaniya, Fransiya, Angliya, Xitoy, Hindiston, Isroil, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va boshqa mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlari va firmalari bilan hamkorlik qiladi. Institut faoliyati O.U. Salimoye, A. A. Mutalibov, S. P. Poʻlatov, SM. Qodirov, N.R. Rashidov, N.S. Abramov, O. A. Gʻanixoʻjayev vab. olimlar nomi bilan bogʻliq.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |