Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti — qishloq xo‘jaligi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti. 0‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibida. Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.10.2021-yildagi PQ-5269-son «Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi. Ungacha ushbu taʼlim muassasasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenting “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali hisoblanar edi. Yangi hujjatga ko‘ra, institutda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida taʼlimning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida hozirda 3 ta fakultet
- Agrobiologiya fakulteti,
- Agrologistika va biznes fakulteti,
- Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti
10 ta kafedra
- Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaligi kafedrasi
- O‘zbek tili va adabiyoti (tillar) kafedrasi
- Agrokimyo va agrotuproqshunoslik kafedrasi
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizatsiya kafedrasi
- Matematika, tabiiy va gumanitar fanlar kafedrasi
- Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasi
- O‘rmonchilik, dorivor o‘simliklar va manzarali bog‘dorchilik kafedrasi
- Agronomiya, qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi kafedrasi
- O‘simliklar himoyasi va qishloq xo'jaligi mahsulotlari karantini kafedrasi
- Agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasi faoliyat ko’rsatmoqda.
Institut 2022/2023 o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 25 ta ta’lim yo‘nalishlari
- 60310500 Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- 60410100 Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)
- 60412400 Agrobiznes va investitsion faoliyat
- 60810100 Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
- 60810700 Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
- 60810800 Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish
- 60810900 Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)
- 60810900 Agronomiya (anorchilik)
- 60811000 O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)
- 60811100 O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini
- 60811200 Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)
- 60811300 Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
- 60811500 Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)
- 60811700 Ipakchilik va tutchilik
- 60811800 Mevachilik va uzumchilik
- 60811900 Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
- 60812000 Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish
- 60812100 Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
- 60812200 O‘simlikshunoslik (ekin turlari bo‘yicha)
- 60820100 O‘rmonchilik
- 60820100 O‘rmonchilik (o‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun)
- 60820200 Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish
- 60840100 Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)
- 60840200 Veterinariya farmasevtikasi
Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 10 ta ta’lim yo‘nalishlari
- 60310100 Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida)
- 60410100 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
- 60810100 Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
- 60810900 Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)
- 60811300 Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
- 60811500 Zooinjeneriya (turlar bo‘yicha)
- 60811700 Ipakchilik va tutchilik
- 60811900 Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
- 60820100 O‘rmonchilik
- 60840100 Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)
Kechgi ta’lim shakli bo‘yicha 2 ta ta’lim yo‘nalishlari
- 60310500 Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- 60810800 Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish) bo'yicha abituriyentlarni o‘qishga qabul qiladi.