Toshkent koʻchasi (Moskva)
Toshkent koʻchasi yoki Tashkentskaya ulitsa (ruscha: Ташкентская улица) — Rossiya poytaxti Moskva shahrining janubi-sharqiy maʼmuriy okrugidagi Vixino-Julebino tumanida joylashgan koʻcha.
Ryazan shoh koʻchasi va Chugunniye Vorota koʻchasi oraligʻida joylashgan. Moskvadagi ushbu bulvar Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahri sharafiga nomlangan. Bundan tashqari ushbu tumanda oʻzbek shaharlari va joylari haqida boshqa koʻchalar bor. Bular: Toshkent tor koʻchasi, Samarqand bulvari, Fargʻona koʻchasi va Fargʻona tor yoʻli.