Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti akademik litseyi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Akademik litsey (ALTITLI) Oʻzbekiston Respublikasidagi kasb-hunar taʼlimi muassasasi boʻlib, oʻz faoliyatini Toshkent shahridagi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan yaqin hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim standartlari talablariga muvofiq olib boradi.
Xalqaro nomi |
Academic Lyceum of the Tashkent Textile and Light Industry Institute |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1999-yil |
Rektori | Yuldasheva Umida Tuxtamuradovna |
Manzili |
Yakkasaroy tumani Shohjahon ko‘chasi, 5/4-uy |
Veb-sayti | altitli.uz |
Litsey matematika, fizika, ingliz tili, chizmachilik, kimyo kabi fanlardan kengaytirilgan taʼlim beradi. Kursni muvaffaqiyatli tugatganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri u yerda taklif qilingan bakalavr dasturlaridan biriga yozilishlari mumkin.
Taʼlim muassasasida yo‘nalishlar
tahrirTaʼlim muassasasida o‘quvchilar 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olmoqda.
- (Aniq fanlar-1 (matematika-fizika)
- Aniq fanlar-2 (matematika-ingliz tili)
- Aniq fanlar-3 (rasm-chizmachilik)
- Tabiiy fanlar-2 (matematika-kimyo)
O‘quv jarayoni bir smenada, taʼlim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
Manzil
tahrirToshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining akademik litseyi Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining markazida, Yakkasaroy tumani Shohjahon ko‘chasi, 5/4-uyda joylashgan.