Toshkent tongi
Toshkent tongi - erta oʻrtapishar pomidor navi, Oʻzbekiston sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot intida Das va Temnokrasniy navlarini chatishtirish yoʻli bilan yaratilgan (Ye. Ye. Yermolova, 1996). Toshkent tongining yetilish muddati — urugʻi unib chiqqandan to birinchi terimgacha 112— 115 kun. Tupi past boʻyli —50 sm, barglanishi oʻrtacha, bargining yuzasi bir oz burmali, orka tomoni tukli. Mevasi yumaloq, yuzasi silliq, qizil, vazni 115—125 g, eti shirin, suvli. Tarkibida 5,3% quruq modda, 3,0% qand, S 27 mg %. S. vitamini bor. Hosildorligi 450—500 s/ga. 2000-yildan Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida yetishtirish uchun rnlashtirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |