Toshkoʻmir (shahar)
Qirgʻizistondagi shahar
Toshkoʻmir — Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatidagi shahar (1943-yildan). Norin daryosining oʻng sohilida (Sirdaryo havzasi). 600 m balandlikda. Fargʻona va Otoʻynoq togʻlari bilan oʻralgan. Shahar atrofida koʻmir qazib olinadi. T.dan Qirgʻizistonning shim. va jan. tumanlarini birlashtiruvchi katta avtomobil yoʻli oʻtadi. Transport yoʻli stansiyasi. Aholisi 23,3 ming kishidan ziyod (1999 y). Kumir koni boshqarmasi, goʻsht kti, non, gʻisht, yarim oʻtkazgich materiallar, tamaki fermentatsiya zdlari, bosmaxona, sanʼat saroyi, madaniymaishiy binolar bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |