Toshloqtepa mahallasi
Mamlakat: O'zbekiston
Hudud: Fargʻona
Shahar: Margʻilon
Maqomi: Mahalla
Aholisi: 5 654
Koʻchalar: 28
Diqqatga sazovor joyi: Qizlartepa arxeologik yodgorligi

Toshloqtepa mahallasi — Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida joylashgan mahalla. Toshloqtepa mahallasi hududi qadimgi nomi Toshloqtepa boʻlgan. Hududda toshli tepalik boʻlganligi sababli shunday atalgan[1]. Toshloq — toshli, toshi koʻp, sertosh yerlarda vujudga kelgan, tashkil topgan qishloq maʼnosini ifodalaydi. Avval qishloq nomi sifatida shakllangan Toshloq toponimi keyinchalik tuman nomiga koʻchgan.

2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Toshloqtepa mahallasida 1221 ta xonadon va ularda 6500 mingdan ziyod aholi yashaydi. 2018-yilda mahallada jami aholi soni 5 654 ta jami oilalar soni 1 131 tani tashkil qiladi[2]. Mavzeda 11 savdo shaxobchasi, shifoxona, 2 sartaroshxona, 3 oshxona, 2 ta qassobxona, 4 ta otalar choyxonasi mavjud. Mahalla ahlining koʻpchiligi kosiblik bilan shugʻullanadi.

Mahalla fuqarolar yigʻinida 28 ta koʻcha mavjud. Koʻchalar quyidagi nomlar bilan ataladi: Shohimardon, Imom Zahiriddin, al- Fargʻoniy, Behizor, Vatan, Navnihol, A.Teshaboyev, Ehtirom, Bodomzor, Hamkorlik, Yangibogʻ, Alpomish, Farhod, Toshloqtepa, Sandiqchi, Sherdor, Jayhun, Tokzor, Tutzor, Anorzor, Anjirzor, Tepatagi, Osh tor koʻcha, Ulugʻbek, Lutfiy, Saodat, Navnihol torkoʻchasi.

1991—2011-yillar davomida Toshloqtepa mahalla fuqarolar yigʻinidan 20 dan ortiq kishilar haj ziyoratini amalga oshirdilar[3]. Toshloqtepa MFY hududida Qizlartepa arxeoogik yodgorligi mavjud. Milodiy II asrining oxiri — III asrni boshlarida hozirgi Toshloqtepa mahallasidagi Qizlartepa yodgorligi oʻrnida shahar ibodatxonasi bunyod etiladi. Qizlartepada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida 1000 dan ortiq sopol siniqlari topilib, ulardan 370 tasi idishning haqiqiy shaklini tiklashga imkon beradi.

Margʻilon shahar sektorlar kesimida Toshloqtepa mahallasi 4-sektorga qaraydi. Sektor boshligʻi — tuman DSI boshligʻi Siddiqov Soyib Mamajonovich.

Yana qarang

tahrir

Burhoniddin Marg‘inoniy mahallasi

Manbalar

tahrir
  1. Nodirbek Abdulahatov „Marg'ilon mahallari tarixidan“. elib.buxdu. Andijon nashriyot matbaa, MChJ. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2023-yil.
  2. „Marg'ilon shahar sektorlar kesimida“. Marg'ilonuz. MARG'ILON SHAHAR HOKIMLIGI (07.13.2018). Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.
  3. Nodirbek Abdulahatov „Marg'ilon mahallari tarixidan“. elib.buxdu. Andijon nashriyot matbaa, MChJ. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2023-yil.