Magʻzi soxta
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Magʻzi soxta, toshqogʻoz — shaklga oson beriluvchan material; qogʻoz, karton, mato qiyqimlari va boshqa xom ash-yolardan yopishqoq modda (shirach)lar, kraxmal, gips va boshqa qoʻshib, qaynatilib hosil qilinadi. Presslab turli shakllarga solinadi. Magʻzi soxtadan oʻyinchoqlar, oʻquv qoʻllanmalar, qalamdon, qimmatbaho muqovalar, quticha, guldon, mum qolip, roʻzgʻor buyumlari va boshqa tayyorlanadi, ular boʻyama va bosma naqshlar, tasvirlar bilan bezatiladi, ustidan loklanib badiiy buyumlar yaratiladi (qarang Lokli miniatyura).
Magʻzi soxtadan buyumlar tayyorlash juda qadimdan Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Koreyada rivojlangan, keyinchalik Yevropada "papyemashe" nomi bilan keng tarqalgan. Oʻzbekiston hududida, jumladan, Samarqandda Magʻzi soxtadan ishlangan narsalarni lokli miniatyura bilan bezash, meʼmoriy bezaklarda qoʻllash 15-asrda keng tarqalgan (Amir Temur maqbarasining ichki qismi, Bibixonim masjidi va boshqalar). Oʻzbekiston bezak sanʼ-atida bu sanʼat qayta tiklandi va rivojlanmoqda, uylar bezagida va har xil buyumlar tayyorlashda keng qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |