Toshquduq gaz koni
Toshquduq gaz koni - Buxoro viloyati Romitan tumanida, Buxoro shahridan 100–110 km shim.garbda joylashgan. Kon 1972-yilda ochilgan va 1975-yilda ishga tushirilgan. Toshquduq strukturasi Gazli koʻtarilmasining jan.gʻarbiy qismida boʻlib, kenglik boʻyicha choʻzilgan yirik braxiantiklinal burmadan iborat. Yuqori boʻr davrining senon yarusi yotqiziqlari shipi boʻyicha Toshquduq braxiantiklinali uchta yer yoriklari bilan murakkablashgan. Paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlarida jaʼmi 11 razvedka qudugʻi ochilgan. Gaz, asosan, boʻr davrining yotqiziklarida uchraydi. Sanoat miqyosidagi gaz 7 va 9gorizontlar bilan bogʻliq. 7gorizont senon yarusi yotqiziqlarida ajratilgan boʻlib alevrolit va gil bilan qavatlangan mayda zarrali qumtoshlardan iborat. Uyum qatlami gumbazli tipga mansub, gaz suvga tiralib turadi. Uyum oʻlchami 7,5x1,5 km, bal. 30 m, gazlilik maydoni 13,9 km². 9gorizont senoman yarusining yuqori qismidagi mayda zarrali qumtoshlarda, 530–703 m chuqurliqda ochilgan. Gorizontning umumiy qalinligi 122–153 m, uyum katlamli, gumbazli tipga mansub boʻlib burmaning eng koʻtarilgan qismida namoyonlanadi, gaz suvga tiralib turadi. Uyum oʻlchami 11,5x3,5 km, bal. 45. Gazlilik maydoni 30 km² ga yaqin. Kondan foydalanilmoqda.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |