Tovus (yulduz turkumi)
Tovus — osmonning Janubiy yarim sharida joylashgan yulduz turkumi. Birinchi marta T.ning nomi nemis olimi I. Bayerning (17-asr) "Uranometriya" deb nomlangan atlasida uchraydi. T.da oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin boʻlgan 10 ta eng yorugʻ yulduzlarining koʻrinma yulduz kattaliklari 2 dan 4,5 gacha boradi. Gorizontdan balandga koʻtarilmasligi sababli, Oʻzbekiston hududida koʻrinmaydi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |