Trần Đại Quang

Vetnamning 8-prezidenti

Trần Đại Quang (1956-yil 12-oktyabr – 2018-yil 21-sentyabr) – Vetnamlik siyosatchi va politsiya generali[1], 2016-yildan 2018-yilda vafotigacha Vyetnamning toʻqqizinchi prezidenti boʻlib ishlagan[2]. Besh yil davomida jamoat xavfsizligi vaziri (2011–2016) lavozimida ishlagan[3]. Kuang oʻzidan oldingi Trương Tấn Sang tomonidan prezidentlikka nomzod qilib koʻrsatilgan va 2016-yil 2-aprelda Vetnam Milliy Assambleyasi tomonidan bu lavozimga saylangan. Siyosiy byuroda Kommunistik partiya bosh kotibi Nguyen Phu Trọngdan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi[4][5].

Trần Đại Quang
Vyetnam Prezidenti
Mansab davri
2016-yil 2-apreldan – 2018-yil 21-sentyabrgacha
Hukumat boshligʻi Nguyễn Xuân Phúc
Vitse-prezident Đặng Thị Ngọc Thịnh
Vyetnam jamoat xavfsizligi vaziri
Mansab davri
2011-yil 3-avgustdan – 2016-yil 8-aprelgacha
Hukumat boshligʻi Nguyễn Tấn Dũng
Oʻtmishdoshi Lê Hồng Anh
Vorisi Tô Lâm
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-oktyabr 1956-yil
Ninbin
Vafoti 21-sentyabr 2018-yil(2018-09-21)
(61 yoshda)
Xanoy
Siyosiy partiyasi Kommunist
Turmush oʻrtogʻi Nguyễn Thị Hiền
Mansubligi  Vyetnam
Qoʻshin turi Jamoat xavfsizligi
Xizmat yillari 1972–2016
Unvoni General-ofitser

Biografiyasi

tahrir

Trần Đại Quang 1956-yil 12-oktyabrda Vyetnam Demokratik Respublikasining Nin Bin provinsiyasida tugʻilgan[6]. Uning otasi daryoda baliq ovlovchi, onasi banan sotuvchi boʻlib ishlagan[7]. Ularning olti farzandi bor edi, ulardan toʻrt nafari oʻgʻil edi. Otasi vafot etgan. Onasi bolalarni oʻzi katta qilgan. Trần Đại Quang onasiga dehqonchilikda yordam bergan[8].

Kim Son B oʻrta maktabini tugatgan.

1972-yil iyuldan oktyabrgacha Xalq militsiya maktabida oʻqigan[9].

1975-yil oktyabrda Ichki ishlar vazirligi Chet tillar va madaniyat maktabini tugatgan.

1986-yilda Xalq xavfsizlik universitetini tugatgan.

1991-yil oktyabrda Nguyen Ai Quok akademiyasini tugatgan.

1991-1994-yillarda Xanoy yuridik universitetida oʻqigan[10].

1994–1997-yillarda Xo Chi Min Milliy Siyosat Akademiyasida aspiranturasi talabasi[11].

1996-yilda Yurisprudensiya fanlari nomzodi darajasini oldi[12].

2009-yilda xavfsizlik fanlari professori unvoni berilgan[13].

Trần Dại Quang avval 2011-2016 yillarda jamoat xavfsizligi vaziri, 2011-2014 yillarda OIV/OITS profilaktikasi qoʻmitasi rahbari oʻrinbosari va 2017-2018 yillarda Vetnam Qizil Xoch jamiyati prezidenti lavozimlarida ishlagan [14] U Vetnam Kommunistik partiyasining 12- Siyosiy byurosining aʼzosi boʻlib, u Bosh kotib Nguen Phu Trọngdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. [15]

Trần Đại Quang 1980-yil 26-iyulda Vetnam Kommunistik partiyasiga rasman aʼzo boʻldi[16]. 1997-yildan Vetnam Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi aʼzosi va partiya Markaziy qoʻmitasi aʼzosi boʻldi.

2016-yil yanvar oyida Vyetnam Kommunistik partiyasining 12-syezdida Trần Đại Quang Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidentligiga nomzod boʻldi va 2016-yil 2-aprelda Vetnam Milliy Assambleyasi tomonidan tasdiqlandi. Oʻsha kuni Trương Tấn Sangning oʻrnini egalladi. Shu kuni Nguyễn Xuân Phucni hukumatning yangi rahbari lavozimiga taklif qildi.

Trần Đại Quang 2018-yil 21-sentyabr kuni Xanoy shahridagi 108-harbiy markaziy gospitalda 61 yoshida virusli kasallikning asoratlari tufayli vafot etdi[17][18]. 27-sentabr kuni Xanoyda davlat dafn marosimi boʻlib oʻtdi. Nin Bindagi qabristonga dafn etilgan[19]. Xotira marosimida Vetnamning koʻplab siyosatchilari va chet ellik taniqli shaxslar qatnashdi.

Manbalar

tahrir
  1. „Vietnam President Tran Dai Quang dead at 61 due to illness“ (en). NBC News (2018-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 26-yanvar.
  2. „Tiểu sử tân Chủ tịch nước Trần Đại Quang“ (2-iyun 2017-yil). 2-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2018-yil.
  3. „Vietnam's President Tran Dai Quang dies“. Bbc.com (2018-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  4. „Party Congress announces CPVCC Politburo members“. Government of Vietnam (19-yanvar 2011). 4-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2012.
  5. „arxiv nusxasi“. 22-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  6. „Tiểu sử lãnh đạo“. 2015-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-yanvar.
  7. „Cậu trò nghèo trường làng thành Chủ tịch nước | Báo Giao thông“ (2017-yil 14-noyabr). 2017-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  8. „Cậu trò nghèo trường làng thành Chủ tịch nước“. Báo Giao thông (2016-yil 4-aprel). Qaraldi: 2017-yil 19-may.
  9. On May 15, 1968, the Ministry of Public Security issued Decision 514/CA/QD „Separating the Peopleʼs Police branch from the Central Police School, establishing a separate school, with the task of providing secondary training for the Peopleʼs Police force“, officially established the School Peopleʼs Police.
  10. Trần Đại Quang. „Tăng cường quản lý nhà nước về an ninh quốc gia ở nước ta hiện nay: Luận án phó Tiến sĩ khoa học luật học / Trần Đại Quang; Người hướng dẫn: PGS.PTS Trần Ngọc Đường“. Thư viện Đại học Luật TP. Hồ Chí Minh. Đại học Luật TP. Hồ Chí Minh (1996). 2018-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-may.
  11. P.V. „Tiểu sử tân Chủ tịch nước Trần Đại Quang“. Báo Dân trí (2016-yil 2-aprel). 2017-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-iyun.
  12. „Luận án phó Tiến sĩ khoa học luật học Trần Đại Quang“. 2023-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-fevral.
  13. D.Hiển. „Chúc mừng các tân Giáo sư và Phó Giáo sư ngành Khoa học An ninh“. Báo Công an nhân dân (2009-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 23-may.
  14. „President of the Viet Nam Red Cross Society“. Viet Nam Red Cross Society (2017-yil 22-avgust). 2018-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-iyun.
  15. „Party Congress announces CPVCC Politburo members“. Government of the Socialist Republic of Vietnam (2017-yil 16-avgust). Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  16. „Tiểu sử tân Chủ tịch nước Trần Đại Quang“ (2017-yil 2-iyun). 2017-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  17. „Vietnam's President Tran Dai Quang dies“. Bbc.com (2018-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  18. Pearson, Khanh Vu & James. „Virus kills Vietnamese President Tran Dai Quang, 61“. The Sydney Morning Herald (2018-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  19. „Vietnamese bid farewell to President Tran Dai Quang – VnExpress International“. VnExpress International. 28 September 2018.